Jamiyat

Oʻzbekiston biznes yuritish qulayligi boʻyicha jahon reytingida keskin yuqoriladi

© Pixabay / AlexanderSteinInvestitsii v biznes
Investitsii v biznes - Sputnik Oʻzbekiston
Bir yil ichida respublika 54 pogʻona yuqorilashga muvaffaq boʻlgan

TOSHKENT, 15 avgust — Sputnik.  Oʻzbekiston keyingi yillarda biznes yuritishning qulayligi boʻyicha jahon mamlakatlari reytingida keskin yuqoriladi. Bu maʼlumot Jahon banki tomonidan eʼlon qilingan “Doing Business” (Biznes yuritish) hisobotida qayd etildi.

Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilini tayinladi

Jahon banki hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston 2016 yilda biznes yuritishning qulayligi boʻyicha jahonning 190 mamlakati ichida 63,03 ball bilan 87-oʻrindan joy olgan. Qiyoslash uchun 2015 yilda Oʻzbekiston 54,26 ball bilan 141-oʻringa joylashgandi. Bir yil ichida respublika 54 pogʻona yuqorilashga muvaffaq boʻlgan.

Hisobotda qayd etilishicha, Oʻzbekistonda oʻtgan yil davomida axborot shaffofligi oshgan, kichik investorlarni himoya qilish kuchaygan hamda soliq tizimida yengilliklar yaratilgan.

Reytingning dastlabki uchligini Yangi Zelandiya, Singapur, Daniya egallagan.

MDH davlatlari orasida 1-oʻrinda Qozogʻiston (35-oʻrin), 2-oʻrinda Belarus (37-oʻrin) va 3-oʻrinda Rossiya (40-oʻrin) joylashgan.

Jahon bankining “Biznes yuritish” hisoboti 14-bor chop etildi. Unda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish yoki cheklashga oid meʼyorlarga baho beriladi. Hisobot xususiy korxonalarga nisbatan 11 yoʻnalish boʻyicha qabul qilingan huquqiy normalar tahlilini oʻz ichiga oladi. Ular orasida “Korxona tashkil etish”, “Qurilishga ruxsat olish”, “Elektr taʼminotiga ulanish”, “Mulkni roʻyxatdan oʻtkazish”, “Kredit olish”, “Kichik investorlarni himoya qilish”, “Soliq tizimi”, “Xalqaro savdo” “Shartnomalar ijrosini taʼminlash” kabi yoʻnalishlar bor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala