Jamiyat

Abdulla Aripov oʻzbek-qirgʻiz aloqalarini mustahkamlovchi tadbirlarni taklif qildi

© Pravitelstvo Kыrgыzskoy respublikiPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribыl s rabochim vizitom v Kыrgыzstan
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribыl s rabochim vizitom v Kыrgыzstan - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh vazir Oʻzbekistonning turli shaharlarida Qirgʻiziston mahsulotlari koʻrgazmalarini oʻtkazish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi hamda xuddi ana shunday koʻrgazmalar Qirgʻizistonda ham oʻtkazilishiga umid bildirdi

TOSHKENT, 16 avgust — Sputnik. Qirgʻiziston Oʻzbekistonning uzoq muddatli hamkori hisoblanadi, dedi Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov oʻzbek-qirgʻiz davlat chegarasini delimitatsiya va demarkakatsiya qilish boʻyicha hukumatlararo komissiyalar yigʻilishida. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar bermoqda.

Nachalis peregovorы premyerov Kыrgыzstana i Uzbekistana v Bishkeke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bishkekda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bosh vazirlari muzokarasi boshlandi

Aripov Qirgʻiziston Oʻzbekiston bilan uzviy bogʻliq ekanligini bildirdi.

"Qirgʻiziston bizning ishonchli va uzoq muddatli hamkorimiz. Ikki xalq taqdiri bir-biri bilan uzviy bogʻliq, anʼanalarimiz umumiy. Oʻzbekiston qoʻshnilar, xususan Qirgʻiziston bilan munosabatlarda ochiq, ahil va pragmatik siyosat tarafdori. Biz ahil qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida hamkorlikka tayyormiz", — dedi Aripov.

Bosh vazir Oʻzbekistonning turli shaharlarida Qirgʻiziston mahsulotlari koʻrgazmalarini oʻtkazish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi hamda xuddi ana shunday koʻrgazmalar Qirgʻizistonda ham oʻtkazilishiga umid bildirdi.

"Bu yil Oʻzbekistonda Qirgʻiziston madaniyati kunlarini tashkil etishni taklif qilaman, kelgusi yili esa aksincha. Mamlakatlarimizda kino kunlari oʻtkazish uchun filmotekalar almashishimiz lozim", — dedi u.

Oʻzbekiston bosh vaziri ikki davlat oʻrtasidagi mahsulot ayirboshlash oʻtgan yarim yillik davomida sezilarli darajada oshganini qayd etdi va yil yakunlariga koʻra ikki baravarga oshishiga umid bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala