Hodisalar

MXX xodimlari Jizzaxda viloyat sudining sudyasini qoʻlga olishdi

© Press-slujba GU MVD RF / Fotobankka oʻtishZaderjaniye za vzyatku
Zaderjaniye za vzyatku - Sputnik Oʻzbekiston
U pora evaziga Nafisa Hasanovaning turmush oʻrtogʻi Noʻmon Hasanovga qoʻyilayotgan ayblovlarni kassatsion sudda koʻrib chiqishga vaʼda bergan

TOSHKENT, 16 avgust — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasining tezkor xodimlari jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax viloyat sudining sudyasi Yunus Sidiqovni qoʻlga olishdi. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, u fuqaro Nafisa Hasanovadan 300 dollar va 500 ming soʻm pul olgan.

U bu pullarga Nafisa Hasanovaning turmush oʻrtogʻi Noʻmon Hasanovga qoʻyilayotgan ayblovlarni kassatsion sudda koʻrib chiqishga vaʼda bergan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala