Jamiyat

Michelin kelajak gʻildiragini taqdim etdi

© MichelinMichelin Vision shina buduщego
Michelin Vision shina buduщego - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyodagi eng yirik va tajribali gʻildirak ishlab chiqaruvchi korxona havosiz va disksiz avtomobil gʻildiragini taqdim etdi.

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Frantsiyaning Michelin kontserni kelajak avtomobil gʻildiragini taqdim etdi. Yangi gʻildirak bugungi shinalarga qaraganda bir necha muhim ustunliklarga ega.

Michelin VISION  ham shina ham disk vazifasini oʻtaydi. Ichida havo boʻlmagani tufayli u teshilmaydi. Ustki rezina qatlami yeyilib ketsa uni 3d printerda qaytadan chop etish mumkin. Va toʻrtinchisi, qish kelganda uning ustiga qishgi shina surati chizib olinsa boʻldi, toʻliq almashtirish kerak emas.

Yangi shinaning nomi Michelin VISION boʻlib u bir vaqtning oʻzida ham shina ham disk vazifasini oʻtaydi. Gʻildirakning asosi oʻrgimchak ini shaklidagi mustahkam setkadan iborat  boʻlib, uning ustki qatlamida rezina qoplami boʻladi.

Gʻildirak zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, uning ustki qatlami yeyilib ketsa, maxsus ustaxonada 3d printer orqali qaytadan chop etilishi mumkin.

Michelin xabariga koʻra, bugungi kunda bir dona avtomobil shinasi ishlab chiqarish uchun 35-38 litr neft kerak boʻlar ekan. Ustiga ustak, yaroqsiz holga kelgan avtomobil shinalari esa musorga aylanib yer shariga  ulkan ekologik zarar keltirar ekan.

Michelin kompaniyasi taklif qilayotgan yangi shina yuqoridagi ekologik muammolarni muvaffaqiyatli hal qiladi va uni tez tez yangilash talab qilinmaydi. Yangi gʻildirak tarkibida apelsin tsedrasi, bambuk, melassa, yogʻoch va natural kauchuk kabi  organik moddalar bor. Ular oʻzidan taksik moddalar chiqarmaydi va ekologik toza.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala