Jamiyat

Markaziy bank 50 ming soʻmlik pulning muomalaga chiqarilishi boʻyicha sharh berdi

© uz.24Tsentralnыy bank Uzbekistana
Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Bankning bildirishicha, muomalaga yirik banknotlarning chiqarilishi iqtisodiyotdagi pul massasining oʻzgarishiga olib kelmaydi hamda inflyatsiya darajasi va narxlar barqarorligiga taʼsir koʻrsatmaydi

TOSHKENT, 16 avgust — Sputnik. Muomalaga yirik banknotlarning chiqarilishi iqtisodiyotdagi pul massasining oʻzgarishiga olib kelmaydi hamda inflyatsiya darajasi va narxlar barqarorligiga taʼsir koʻrsatmaydi. Bu haqda Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlum qildi.

Tsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda avgustda 50 ming soʻmlik muomalaga chiqadi

Markaziy bank saytida eʼlon qilingan sharhda aytilishicha, milliy valyutaning 50000 soʻm qiymatdagi banknotini muomalaga kiritish respublikada soʻnggi yillarda oʻrtacha ish haqi miqdorining oshib borishi hamda aholiga ish haqi, pensiya va nafaqalarni toʻlashda, shuningdek naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirildi.

Bankning bildirishicha, muomalaga yirik banknotlarning chiqarilishi iqtisodiyotdagi pul massasining oʻzgarishiga olib kelmaydi hamda inflyatsiya darajasi va narxlar barqarorligiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Shuningdek, mazkur amaliyot naqd puldagi hisob-kitoblarni ixchamlashtirish, naqd pulni tashish, yetkazish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlar va noqulayliklarni kamaytirish hamda bankomatlar orqali aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar koʻlamini kengaytirish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy bank boshqaruvining tegishli qaroriga asosan 50 ming soʻmlik banknotlar shu yilning 22 avgustidan muomalaga chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala