Analitika

KXDRga qarshi urushda AQShga Markaziy Osiyodagi vaziyatni izdan chiqarish muhim - ekspert

© AP Photo / Wong Maye-EBallisticheskiye raketы na parade v Pxenyane. Severnaya Koreya
Ballisticheskiye raketы na parade v Pxenyane. Severnaya Koreya - Sputnik Oʻzbekiston
Koreyaga qarshi urushga tayyorgarlik jarayonida Markaziy Osiyodagi rejimlarni amerikaparastlarga almashtirish yoki mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarish AQSH uchun oʻta muhim hisoblanadi, deb hisoblaydi ekspert

Rostislav Iщenko, Tizimli tahlil va taxmin qilish markazi prezidenti, Sputnik uchun

AQSH Shimoliy Koreya bilan urush arafasida turibdi. Xitoy agar Kim Chen In birinchi boʻlib raketa zarbasi bermasa, Pxenyanning tarafini olishga vaʼda berdi. Yevropa keng miqyosdagi jahon urushiga aylanib ketishi mumkin boʻlgan nizodan oʻzini oqilona ravishda chetga oldi. Koreyaga zarba berishga hal qiluvchi qarorni qabul qilish uchun AQShga Rossiyaning nizoda Xitoy tarafida turmasligi haqidagi kafolati yetishmayapti. Agarda NATOning yevropalik ittifoqchilari ehtimoliy yadroviy nizo maydonidan qoʻrqib qochib ketishmaganida, buning oʻrniga yaponlarga oʻxshab AQSH manfaatlari uchun oʻlishga ham tayyor ekanliklarini bildirishganida hammasi tushunarli boʻlardi.

Amerika bayrogʻi, Vashington - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH KXDRga qarshi chora koʻrish bahonasida Rossiya portlari ustidan nazorat oʻrnatmoqchi

Amerika qoʻshinlari tomonidan kuchaytirilgan Yevropa Rossiyaning gʻarbiy chegaralarida taranglik keltirib chiqargan, Boltiqboʻyi va Ukrainadagi guruhlar harbiy hujum tahdidi ostida Rossiya kuchlarini Gʻarbga eʼtibor qaratishga majbur qilgan boʻlardi. Bir vaqtning oʻzida ikkita frontda urush qilishga Rossiyaning kuchi yetmasligi aniq, shu bois AQSH Uzoq Sharqda oʻzini nisbatan erkin his qilgan boʻlardi. Xitoy esa bir oʻzi Amerikaga qarshi kurashishdan maʼno bormi deya yaxshigina oʻylanishga majbur boʻlardi. Amerikaliklar Xitoyni egallab ololmasliklari tayin va AQShga bundan katta zarar yetadi, lekin Osmonosti mamlakati ham dahshatli insoniy va iqtisodiy yoʻqotishlarga duchor boʻladi. Mamlakat Manjuriya sulolasining soʻnggi davrlariga qaytadi.

Lekin yevropaliklar amerikaliklar manfaati uchun "sharaf" yoʻlida tavakkal qilishdan qochishdi va amerikaliklar ularni hozircha bu fikrlaridan qaytara olishmayapti. Aksincha, Yevropa AQShni universal gʻarb qadriyatlarini unutishda borgan sari koʻproq ayblayapti.

Bu oʻrinda Shtatlarga urush zarur. Agarda kuchli va qoʻrqinchli, lekin xavfli boʻlmagan raqib ustidan gʻalabaga erishiluvchi qisqa urush boʻlmasa, Amerika shundoq ham yanvar-fevralda Vashington va Nyu-Yorkda boshlangan, hozirda AQSH janubida avj olayotgan fuqarolar urushi girdobida qolishi mumkin. Tashqi urush Amerika jamiyatini birlashtirishi, uning birdamligini qaytarishi lozim. Shu bilan bir vaqtda Qoʻshma Shtatlarning kuchini ham koʻrsatishi kerak.

Shuning uchun mazkur vaziyatda qurbon sifatida qandaydir Liviya yoki Serbiya emas, raketa-yadroli KXDR tanlandi. Dushman jiddiy, qurbonlar yetarlicha (lekin juda koʻp emas) boʻlishi kerak, aks holda jamiyat xavf oldida birlashmaydi.

Lekin urush davomli boʻlmasligi kerak. Uzoq muddatli nizoga na AQSH iqtisodiyoti, na amerikaliklar ruhiyati dosh beradi. Shu bilan birga, Xitoy rejadan chiqarilishi lozim. Uni bir-ikki oyda biryoqli qilish qiyin.

KXDRda Kim Ir Senning 105 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan harbiy parad - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya Mudofaa vazirliklari KXDR boʻyicha majlis oʻtkazdi

KXDRning yoʻq qilinishi mazkur mintaqada Amerika yakkahokimligini oʻrnatilishiga hech kim raqobat qilolmaydigan darajada Xitoyning Janubi-sharqiy Osiyodagi nufuzi va obroʻsini yetarlicha ravishda toʻkadi. Xitoyga taʼsirli bosim oʻtkazish uchun esa uni Rossiya qoʻllab-quvvatloviga boʻlgan umididan mahrum qilish kerak.

Yevropa bu yerda yordam bermayotganligi bois yagon samarali usul qoldi – Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi aloqalarni uzish. Buning uchun esa Markaziy Osiyo ustidan nazorat kerak. Harbiy istilo, bombardimon emas, aynan nazorat.

Sahroda yoʻllarni bombardimon qilishning imkoni yoʻq. Yoʻq qilingan joyni aylanib oʻtish mumkin (qayta tiklashga ham koʻp vaqt ketmaydi). Siyosiy hukumatni Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi barcha aloqalar uchun oʻz makonini yopadigan hukumatga almashtirish kerak. Transsib va BAM Qozogʻiston hududida zaif. Mongoliya orqali aloqani ham Qozogʻiston tomondan yopish mumkin. Shunday qilib, Rossiya-Xitoy aloqalarini uzishning kaliti Qozogʻiston ustidan nazorat oʻrnatishda.

Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Tojikiston esa Rossiya, Xitoy, Eron (jumladan, Afgʻoniston orqali oʻtuvchi janubiy yoʻl) uchburchagidagi qisqa kommunikatsiyalarni toʻsish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Shu sababli Koreyaga qarshi urushga tayyorgarlik jarayonida Markaziy Osiyodagi rejimlarni amerikaparastlarga almashtirish yoki mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarish AQSH uchun oʻta muhim hisoblanadi.

Biroq mazkur holatda vaqt omili AQShga qarshi boʻlmoqda. Urush yoki tinchlik haqidagi qarorni yaqin kunlarda qabul qilish kerak (koʻpi bilan bir haftada). Bu vaqt ichida Markaziy Osiyodagi hech boʻlmasa bitta davlatda toʻlaqonli rangli davlat toʻntarishini tashkil qilish texnik jihatdan imkonsiz.

Buning ustiga, mahalliy siyosat elitasi norasmiy boʻlsa-da ittifoqchilar (Rossiya, Eron, Xitoy) uchburchagi ichida turgan holda AQSH tarafida boʻlib ularga qarshi chiqish nomaqbul ekanligini tushunishadi. Shunday ekan, hozirda mazkur tizim aʼzolaridan foydalanish qiyin. Saroy toʻntarishi emas, toʻlaqonli isyonni amalga oshiradigan tizimsiz muxolifatni tayyorlash zarur. Bunga esa uzoq vaqt ketadi.

Gosdep podtalkival Uzbekistan k konfliktu s Kыrgыzstanom — Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
AQSH Oʻzbekistonni Qirgʻiziston bilan mojaro boshlashga undagan - Atambayev

Hozircha AQSH KXDRni birinchi boʻlib zarba berishga gijgijlamoqda, zero Pekin agar Pxenyan birinchi boʻlib hujum qilsa, XXR uning tarafini olmasligini bildirgan. Vashington oʻziga nisbatan hujumni sahnalashtirishi mumkin. Harholda, agressiv murojaatlarning kuchayishi va Amerika qoʻshinlarining harakatlari AQShni tavakkal qaror chiqarishga va harbiy harakatlar teatriga tayyorgarlik koʻrilmaganligiga qaramasdan Shimoliy Koreyaga zarba berishga yaqinlashtirmoqda.

Agar AQSH tavakkal qilsa (bu yaqin kunlarda aniq boʻladi), jangovar harakatlar qanday tarzda rivojlanmasin, Markaziy Osiyo ularning rejasidan chiqariladi (Rossiya-Xitoy harbiy tranziti bundan mustasno). Uning taqdirini yangi dunyoviy tuzum oʻrnatish doirasida gʻolib chiqqan tomon hal qiladi.

Agar AQSH Koreyaga qarshi hujumni kechiktirsa hamda Rossiya va Xitoyning nizoga aralashuvini istisno qilgan holda harbiy harakatlar teatridagi qisqa muddatli gʻolibona urushga tayyorgarlik koʻrishga qaror qilsa, u holda yaqin oylarda barcha Markaziy Osiyo davlatlarida vaziyatni izdan chiqarish boshlanadi. Bunda shuningdek, Liviya, Suriya, Yaman, Afgʻoniston (terrorchilar magʻlubiyatga uchrayotgan hududlar)dagi agressiv jangarilar yordamidan ham foydalaniladi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farqlanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader