Qozog‘iston Mudofaa vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

© Wikipedia / Jirka Dl Qozog‘iston Mudofaa vazirligi
Qozog‘iston Mudofaa vazirligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida uchrashuv o‘tkazish va ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vaziri Saken Jasuzakov boshchiligidagi delegatsiya 17-18-avgust kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida uchrashuv o‘tkazish va ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Qozog‘iston delegatsiyasi, shuningdek, Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi, boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0