Prezident tanqididan soʻng Yoshlar Ittifoqi toʻylarni ixchamlashtirish boʻyicha tadbir oʻtkazdi

© flickr.com/ ChuWeiHunG IPhotoJenix i nevesta na brakosochetanii
Jenix i nevesta na brakosochetanii - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan oʻtkazgan yigʻilishida fuqarolardan tushayotgan koʻplab talablar asosida tez kunda toʻylarni ixchamlashtirish haqida qaror chiqarilishini maʼlum qilgan edi

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Olmaliqda toʻylarni ixchamlashtirish boʻyicha tadbir oʻtkazdi, deb xabar qildi "Oʻzbekiston 24".

Xabarda aytilishicha, 2017 yil 15 avgust kuni Olmaliq shahridagi "Oltin olma" xiyobonida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Olmaliq shahar Kengashi tashabbusi bilan Olmaliq shahar hokimligi, xotin-qizlar qoʻmitasi va Madaniyat boʻlimi bilan hamkorlikda "Olmaliq shahar yoshlari toʻylarni ixchamlashtirish tarafdori!" shiori ostida muloqot tashkil qilingan.

Uchrashuvda toʻylardagi ortiqcha xarajatlar, isrofgarchiliklar, toʻylarni oʻtkazishda milliy urf-odatlarimiz oʻrniga mantiqsiz, Yevropa odatlari asosidagi anʼanalarga asosiy urgʻu berib yuborish kabi illatlarning oldini olish haqida fikr yuritildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni ziyolilar bilan oʻtkazgan yigʻilishida fuqarolardan tushayotgan koʻplab talablar asosida tez kunda toʻylarni ixchamlashtirish toʻgʻrisida qaror chiqarilishini maʼlum qilgan edi.

Sherzod Qudratxoʻjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Toʻylar muborak", yohud Dehqonqulga aylanmaylik! - Qudratxoʻjayevning toʻylar haqida oʻylari
Prezident oʻz nutqida "Kamolot" qurultoyida yoshlar bu borada taklif bilan chiqishmaganini tanqid qilgan edi.

"Yaqinda oʻtgan "Kamolot" qurultoyida men yoshlarning ogʻzini poyladim. Birorta yigit yoki qiz chiqib, "Ey, doʻstlar, tengdoshlar, biz uylanamiz, turmushga chiqamiz deb ota-onalarimizni nihoyatda qiynab qoʻydik. Kelinglar endi, ularni bunday ogʻir tashvishga qoʻymaylik, kelajagimizni, millatimizning shaʼnini oʻylab, toʻylarimizni kamtarona, ixcham qilib oʻtkazaylik", degan gaplarni aytarmikan, deb kutdim. Afsuski, ulardan bu masalada hech qanday fikr eshitmadim", — deb aytgan edi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader