Samarqandda Islom Karimov haykali o‘rnatildi

© UzNewsV Samarkande ustanovili pamatnik Islamu Karimovu
V Samarkande ustanovili pamatnik Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan monumentini o‘rnatish ishlari yakunlandi

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Samarqand shahrining markazida "Registon" maydoni yaqinida O‘zbekiston Birinchi prezident Islom Karimov haykali o‘rnatildi, deb xabar qildi Uznews.uz.

Haykalning yonida muzey va xiyobon barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, kuni kecha Toshkent Fotosuratlar uyida buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma hamda uning portretini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov natijalariga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma ochilgani haqida xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov haykallari Toshkent va Qarshi shaharlarida ham o‘rnatiladi.
Islom Karimovning hayot yo‘li
Islom Karimovning hayot yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovning hayot yo‘li
Yangiliklar lentasi
0