Hodisalar

Saudiya Arabistonida bir oy ichida ikkinchi shahzoda vafot etdi

Ushbu yilning 21 iyunida Saudiya qiroli Salmon bin Abdul Aziz al Saud Mudofaa vaziri lavozimini egallab turgan 31 yoshli shahzoda Muhammad bin Salmonni valiahd shahzoda etib tayinlangan edi.

TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Saudiya Arabistoni qirol oilasida shahzoda Bandar bin Fad bin Saad bin Abdulraxman al Saudning vafoti haqida xabar qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Shahzoda chorshanba kuni vafot etgan. Payshanba kuni esa uni dafn etish marosimi boʻlib oʻtadi. Shahzodaning oʻlimi sababi xabar qilinmagan.

Saudiya Arabistoni qirol oilasining hayoti bu yil yangiliklarga boy boʻldi. Dastlab qirol Salmon bin Abdul Aziz al Saud valiahd shahzodani oʻzgartirishga qaror qildi. Ushbu yilning 21 iyunida oʻtkazilgan maxsus ovoz berish jarayonida Saudiya Mudofaa vaziri lavozimini egallab turgan 31 yoshli shahzoda Muhammad bin Salmon valiahd shahzoda etib tayinlangan edi.

Undan soʻng, 8 avgust kuni Saudiya Arabistonining yana bir shahzodasi — Salmon bin Abdulloh bin Turki al Saud vafot etdi. Eremnews xabariga koʻra 26 yoshli shahzodaning oʻlimiga yurak xuruji sabab boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala