TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Dengiz sathidan 2200 metr balandlikda joylashgan togʻli Gʻelon qishlogʻi ekoturizm markaziga aylantirilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi matbuot xizmati.
Ushbu maqsadda qishloqdan besh nafar uylar saralab olinib u yerda sayyohlar turar joylari tashkil qilish tavsiya berildi. Xonadonlar egalari uchun esa Shaxrisabzda tashkil qilingan maxsus oʻquv seminarlarida ishtirok etishadi.
© Goskomturizma UzbekistanaGʻelon qishlogʻi manzaralari

Gʻelon qishlogʻi manzaralari
Undan tashqari, qishloqqa boradigan yoʻl ham taʼmirlanib, u yerda kerakli ovqatlanish va sanitariya zonalari tashkil qilishga qaror qilindi.
16 avgust kuni Gʻelon qishlogʻiga Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisi A.Abduhakimov soha mutaxassilari bilan birga tashrif buyurgan edi.
© Goskomturizma UzbekistanaGʻelon qishlogʻi manzaralari

Gʻelon qishlogʻi manzaralari
Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi kelajakda sayyoxlikning trekking, rafting, ekoturizm va etnoturizm kabi yoʻnalishlarini rivojlanitirish uchun hududlardagi soʻlim togʻoldi qishloqlarda ham shu kabi sharoitlar yaratish boʻyicha aholi bilan hamkorlikdagi loyihalarni davom ettiradi.
© Goskomturizma UzbekistanaGʻelon qishlogʻi qariyalari

Gʻelon qishlogʻi qariyalari