Tojikiston O‘zbekistonga poyabzal eksport qilishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishMalchik primerayet obuv na rinke
Malchik primerayet obuv na rinke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil yakuniga qadar "Panj" erkin iqtisodiy zonasida poyabzal va o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Tojikiston O‘zbekistonga poyabzal eksport qilishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Sputnik Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qildi.

Elektr uzatish liniyalari - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston O‘zbekistonni arzon elektr toki bilan ta’minlamoqchi

Shu yil yakuniga qadar "Panj" erkin iqtisodiy zonasida poyabzal va o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 2,7 mln dollarni tashkil etadi.

Mahsulotlarni ishlab chiqarish "Burok" va "Tanus" nomli kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Xabarda aytilishicha, o‘simlik yog‘i ichki bozorda sotish uchun yetkaziladi hamda Afg‘oniston va Pokistonga eksport qilinadi.

Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun hom-ashyo mamlakatning agrar xo‘jaliklaridan va chet el mamlakatlaridan yetkaziladi.

Shu bilan birga, rejaga asosan korxonalarda erkak va ayollar poyabzali ishlab chiqariladi.

Mahsulotlar Hindiston, Shri-Lanka, Afg‘oniston, Pokiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga eksport qilinadi. Shu bilan birga, mahalliy aholi uchun ichki bozorga ham yetkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0