Toshkent IIBB keksalarga begona shaxslarni uyga umuman kiritmaslikni tavsiya qilmoqda

© pixabayDver s klyuchami
Dver s klyuchami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri hududida so‘nggi vaqtlarda yoshi katta va keksa fuqarolarga nisbatan sodir etilayotgan o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlari ko‘paygan

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Toshkent shahar IIBB aholini yoshi katta fuqarolarga nisbatan o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlari ko‘payganligidan ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri hududida so‘nggi vaqtlarda yoshi katta va keksa fuqarolarga nisbatan sodir etilayotgan o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlari ko‘paygan hamda bu hol Toshkent shahar IIBB rahbariyatini jiddiy tashvishga solmoqda.

Yoshi katta va keksa fuqarolarni aldash va ishonchini suiiste’mol qilish orqali, turli bahona va moddiy manfaatlarni va’da qilib (suv ichib olish, yirik kupuradagi pullarni maydasiga almashtirib olish, xojatini chiqarib olish yoki telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib olish), ularning xonadoniga kirib, moddiy qimmatliklarni yashirin ravishda olib chiqib ketayotganligi aniqlangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda yoshi katta va keksa fuqarolarga begona shaxslarni xonadonga umuman qo‘ymaslik, turli nayrang, aldov va taklif etilayotgan moddiy manfaatlarga ishonmaslikni keng ommaga tushuntirish ishlari olib borish maqsadga muvofiq.

IIBB saytida shu turdagi jinoyatlarni sodir etishda, voqea joyi yaqinida joylashgan videokuzatuv kamerasiga tushgan shaxslar suratlari e’lon qilingan.

© GUVD TashkentaVideokamera yozuviga tushib qolgan gumonlanuvchi surati
GUVD Tashkenta prosit ne vpuskat kvartiru neznakomix lis - Sputnik O‘zbekiston
Videokamera yozuviga tushib qolgan gumonlanuvchi surati

© GUVD TashkentaVideokamera yozuviga tushib qolgan gumonlanuvchi surati
GUVD Tashkenta prosit ne vpuskat v kvartiru neznakomix lis - Sputnik O‘zbekiston

Yangiliklar lentasi
0