Jamiyat

Toshkentda “Jamoatchilik nazorati” guruhlari paydo boʻldi

© UzNewsDrujinniki nachali patrulirovat ulitsы Tashkenta
Drujinniki nachali patrulirovat ulitsы Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Guruh aʼzolari tumandagi maktablarning jismoniy tarbiya oʻqituvchilaridan tashkil etilgan boʻlib, ular qoʻlida qizil chiziqli kulang bogʻich taqib yurishadi. Bogʻichda “Jamoatchilik nazorati” deb yozilgan.

TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. Sovet davrida  odatiy hol boʻlgan qizil bogʻichli “drujinachilar”, yaqin orada Toshkent koʻchalarida paydo boʻlishi mumkin,  deb xabar qilmoqda UzNews nashri.

Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar hokimi, Toshkent shahri IIBB boshligʻi  va Mirzo-Ulugʻbek tumani IIB tomonidan, sinov tariqasida “Nazorat guruh”lari tashkil etildi.

© UznewsJamoatchilik nazorati
Jamoatchilik nazorati - Sputnik Oʻzbekiston
Jamoatchilik nazorati

Guruh aʼzolari tumandagi maktablarning jismoniy tarbiya oʻqituvchilaridan tashkil etilgan boʻlib, ular qoʻlida qizil chiziqli kulang bogʻich taqib yurishadi. Bogʻichda “Jamoatchilik nazorati” deb yozilgan.

“Nazorat guruhlari” tashkil qilinishi sabablaridan biri, bu – Sentyabr boshida Mustaqillik kuni, Qurbon bayram va yangi oʻquv yili boshlanishi kabi tadbirlarning ustma-ust toʻgʻri kelishi sabab boʻlgan, deyilgan xabarda.

“Jamoatchilik  nazorati” vakillari tuman IIB boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda ishlaydi. “Nazorat”chilar  jamoat joylarida tartibni saqlash va kerak boʻlganda shubhali shaxslarning hujjatlarini tekshirish bilan shugʻullanadi.

© UznewsJamoatchilik nazorati
Jamoatchilik nazorati - Sputnik Oʻzbekiston
Jamoatchilik nazorati

Mirzo-Ulugʻbek tumani IIB vakili UzNews nashriga bergan xabariga koʻra, agar ushbu tajriba muvaffaqiyatli yakunlansa, kelajakda shundau guruhlar poytaxtning har bir tumanida joriy qilinishi mumkin ekan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala