Jamiyat

"Inson boʻl" #ozorberma ijtimoiy tadbiri boshlandi

Sevara Nazarxon, Nasiba Abdullayeva, Munojatxon Yulchiyeva, Munisa Rizayeva, Asal Shodiyeva, Amira Alibekova, Leyli, Bobur Ismailov, Ruslan Nurudinov, Saida Amirlar hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan tadbirda ishtirok etishga rozilik berishgan.

TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. "Mehr va oqibat" hayvonlarni himoya qilish jamiyati yangi ijtimoiy loyihani boshladi. "Ezgulikni tanla" deb nomlangan ushbu loyihani Oʻzbekistonning koʻplab madaniyat, sanʼat va sport yulduzlari qoʻllab quvvatlashdi.

Yangi loyiha jamoatchilik eʼtiborini bugungi kunda hayvonlarga nisbatan yuz berayotgan shafqatsizlikka qarshi qaratilgan boʻlib, uning asosiy shiori "Ozorberma" degan ibora boʻldi.

© "Mehr va oqibat"Sotsialnaya aktsiya #Ozorberma
Sotsialnaya aktsiya #Ozorberma - Sputnik Oʻzbekiston
Sotsialnaya aktsiya #Ozorberma
Sentyabr oyida Toshkentning barcha reklama maydonlarida, avtobus bekatlarida ushbu ijtimoiy reklama platkatlari paydo boʻladi. Ularda Oʻzbekistonning madaniyat, sanʼat va sport yulduzlari hayvonlar bilan suratga tushib aholidan hayvonlarga nisbatan rahm-shafqatli boʻlishni soʻraydi.

Xabarda aytilishiga koʻra, ayni damda ushbu tadbirda Sevara Nazarxon, Nasiba Abdullayeva, Munojatxon Yulchiyeva, Munisa Rizayeva, Asal Shodiyeva, Amira Alibekova, Leyli, Bobur Ismailov, Ruslan Nurudinov, Saida Amirlar suratga tushishga rozilik berishgan.

Plakatlarda "Inson boʻl", "Ozor berma" kabi iboralar yozilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir #ozorberma xeshtegi yordamida kuzatib boriladi.

"Mamlakatimizning hurmatga sazovor insonlarni jalb qilib katta tadbir tashkil qilishni anchadan beri rejalashtirib yurgan edik. Birinchi fotosessiyamiz 2017 yilning yanvar oyida boʻlib oʻtgan", — deydi "Mehr va Oqibat" nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Timur Aripov.

Biz 7 yildan beri insonga hamroh hayvonlarni himoya qilish uchun faoliyat yuritib kelmoqdamiz.

Aripov aytishiga qaraganda, "Mehr va oqibat" tashkiloti faoliyati asosan uch yoʻnalishda olib boriladi:

— Aholi va yoshlar orasida bizdan koʻrsa kuchsizroq boʻlgan hayvonlarga rahm-shafqatli boʻlish haqida tushuntirish ishlari olib borish;

— Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish holatlari haqida huquqni saqlash organlariga murojaat qilganlarni qoʻllab-quvvatlash, ushbu maqsadda huquqshunos xizmatini taklif qilish;

— Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish holatlari uchun qonuniy jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan faoliyat;   

"Biz ushbu loyihani qoʻllab-quvvatlagan va ishtirok etgan barchaga: shahar maʼmuriyati, reklama maydonlari ajratib bergan kompaniyalar, jurnalistlarga, dizayner va bosmaxona ishchilariga hamda loyihada bevosita ishtirok etgan yulduzlarga behad minnatdorligimizni bildiramiz. Ular oʻz misolida kshilarni hayvonlarga yordam berishga ularga nisbatan rahmli boʻlishga chaqiradi bilan", — deydi Mehr va Oqibat" rahbari.

"Ezgulikni tanla" ijtimoiy tadbiri bir yil davom etadi va MDH hududida ushbu mavzudagi birinchii keng koʻlamli loyihaga aylanadi.

© "Mehr va oqibat" OSJ#Ozorberma sotsialnaya aktsiya
#Ozorberma sotsialnaya aktsiya - Sputnik Oʻzbekiston
#Ozorberma sotsialnaya aktsiya
Eslatib oʻtamiz, "Mehr va oqibat" hayvonlarni himoya qilish jamiyati 2010 yilda bir guruh koʻngillilar tomonidan tashkil qilingan edi. Bugungi kunda jamiyat aʼzolari qarovsiz qolgan hayvonlarga yordam berish, ularni sterilizatsiya qilish va boshqa ishlar bilan shugʻullanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala