Jamiyat

Toshkentda 1 sentyabr kuni jamoat transportlari soat 4dan ishlaydi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent shahrida Qurbon hayiti namozi soat 06:05 da oʻqiladi.

TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Toshkentda 1-sentyabr kuni jamoat transportlari soat 4dan boshlab ishlaydi, deb xabar qildi "Toshshahartransxizmat" matbuot-xizmati.

Musulmane v den prazdnika jertvoprinosheniya Kurban-Bayram - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayitni nishonlash haqida qaror imzoladi
"Toshkentda 1 sentyabr kuni Mustaqillik bayrami va musulmonlarning muqaddas ayyomi Qurbon xayitining nishonlanishi munosabati bilan avtobuslar va metro tong sahar 4.00dan boshlab ishlaydi", — deb xabar qilgan "Toshshahartransxizmat" matbuot-xizmati "Podrobno.uz" nashri muxbiriga.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti qarori bilan Qurbon hayitining birinchi kuni 1 sentyabr juma kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan 2017 yil 1 sentyabr mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanadigan boʻldi.

Mamlakat poytaxti Toshkent shahrida Qurbon hayiti namozi soat 06:05 da oʻqiladi.

Qolgan viloyatlardagi namoz vaqtlari quyosh chiqishiga qarab bir necha daqiqaga farq qilishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0