IIV Akademiyasida o‘qish muddati 3-yilni tashkil qiladi

© akadmvdIIV Akademiyasi
IIV Akademiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim shakliga kirish 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab test sinovlarisiz, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi suhbat orqali amalga oshiriladi, ta’lim muddati uch yilni tashkil etadi va magistr darajasiga tenglashtirilgan oliy ma’lumot beriladi

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. IIV Akademiyasida endi o‘qish muddati 3-yilni tashkil qiladideb xabar berildi O‘zbekiston IIV rasmiy saytida.

Militsiya avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV akademik litseylari tashkil etildi
"Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasi — IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim shakliga kirish 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab test sinovlarisiz, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi suhbat orqali amalga oshiriladi, ta’lim muddati uch yilni tashkil etadi va magistr darajasiga tenglashtirilgan oliy ma’lumot beriladi", — deyiladi xabarda.

Endilikda Akademiya kunduzgi ta’limida "Tergov faoliyati", "Tezkor-qidiruv faoliyati", "Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati", "Ekspert-kriminalistik faoliyat", "Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyati", "Xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash" mutaxassisliklari bo‘yicha "yurist" malakasi beriladi.

Akademiyaning kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga kirgan shaxslar "kursant", sirtqi ta’lim shakliga, kasbiy tayyorgarlik fakultetiga, rahbar kadrlarni tayyorlash fakultetiga o‘qishga kirgan, shuningdek o‘quv markazlariga yuborilgan shaxslar esa "tinglovchi" deb yuritiladi.

Ichki ishlar organlarini bugungi kun talablariga javob beradigan malakali kadrlar bilan jamlash borasidagi ehtiyojlarni inobatga olgan holda, Akademiyada Sirtqi ta’lim fakulteti tashkil etildi.

Unda 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlari to‘rt yil, oliy ma’lumotga ega bo‘lganlari esa uch yil to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi. Sirtqi ta’lim fakultetida "Huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni fosh etish faoliyati" mutaxassisligi bo‘yicha "yurist" malakasi beriladi.

Yangiliklar lentasi
0