Toshkentda qidiruvdagi qurollangan xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning yonidagi sport sumkasida pnevmatik vintovka, ovchilar pichoqlari va metall tayoq bo‘lgan

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Toshkentda o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari chog‘ida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yonidagi sport sumkasida pnevmatik vintovka, ovchilar pichoqlari va metall tayoq bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi Podrobno.uz.

Niqobli erkak - Sputnik O‘zbekiston
"Qora niqoblilar": Toshkentda yosh jinoyatchilar to‘dasi qo‘lga olindi

"Tekshiruv jarayonida qo‘lga olingan shaxs Toshkent shahri va boshqa viloyatlarda qator jinoyatlar sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lganligi aniqlandi. Xususan, u 12 avgust kuni Mirzo-Ulug‘bek tumanida yashovchi ayolga nisbatan bosqinchilik qilib 2 ming dollarlik oltin taqinchoqlarini olib qo‘ygan" — deb ma’lum qilgan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Mirzo-Ulug‘bek tumani IIB tergov bo‘limi ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-(Bosqinchilik) moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0