Usmonxon Alimov musulmonlarni Qurbon hayit bilan tabrikladi

© muslim.uzUsmanxan Alimov - predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana
Usmanxan Alimov - predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tabrik so‘zida ushbu kunlarda 7200 dan ziyod yurtdoshlarimiz haj safari amalga oshirayotgani va ulardan 138 nafari Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari ekanligi ham qayd etilgan.

TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov O‘zbekiston musulmonlarini Qurbon hayti bilan tabrikladi.

“Muhtaram yurtdoshlar, O‘zbekiston musulmonlari idorasi nomidan Sizlarni ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbdan, samimiy muborakbod etamiz. Ushbu saodatli kunlarda Alloh taboraka va taolodan mo‘min-musulmonlarning  duo-iltijolari, savob amallarini husni qabul aylashi hamda Vatanimizni yanada obod, xalqimiz farovonligini ziyoda qilishini so‘raymiz”, — deyilgan Musulmonlar idorasi saytida e’lon qilingan, tabrik so‘zida.

Namoz ado etilishi - Sputnik O‘zbekiston
Qurbon hayiti namozi o‘qilishi vaqti e’lon qilindi

Tabrik so‘zida, shuningdek, O‘zbekistonda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish hamda yosh avlodni insonparvarlik g‘oyalari, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash borasida salmoqli amalga oshirilayotgani ham ta’kidlangan.

Xususan, Toshkentda barpo etiladigan Islom madaniyati markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termiz shahrida Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi  faoliyatining tashkil ushbu ezgu maqsadlar yo‘lida xizmat qilish qayd etilgan.

Undan tashqari, xabarda ushbu kunlarda 7200 dan ziyod yurtdoshlarimiz haj safari amalga oshirayotgani va ulardan 138 nafari Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari ekanligi ham qayd etilgan.

Tabrik so‘zining so‘ngida O‘zbekiston muftiysi barchani, jumladan prezident Shavkat Mirziyoyevni ham Qurbon hayiti va Mustaqillik bayrami bilan chin dildan tabriklab, O‘zbekiston istiqboli porloq bo‘lishini, xalq farovonligi yanada ziyoda bo‘lishini Parvardigordan so‘raganlar.

Sputnik tahririyati, ertaga kirib kelayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan, ushbu mavzudagi infografikamizni yana bir bor e’tiboringizga havola etamiz.

© SputnikQurbon hayit
Qurbon hayit 2016 - Sputnik O‘zbekiston
Qurbon hayit
Yangiliklar lentasi
0