Jamiyat

Samvel Babayan: Xitoyga omad kulib boqdi

© Federatsiya futbola UzbekistanaTrener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan
Trener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik Oʻzbekiston
"Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Barchasi Toshkentda, Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda hal boʻladi”, - dedi Babayan.

TOSHKENT, 31 avg – Sputnik. Xitoy – Oʻzbekiston terma jamoalari uchrashuvidan keyin oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston termasi bosh murabbiyi Samvel Babayan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Qiyin oʻyin oʻtkazdik va afsuski, magʻlubiyatga uchradik. Bugun omad bizdan yuz oʻgirdi, omad raqib tomonda boʻldi. Bugungi oʻyin uchun barcha futbolchilarga rahmat aytaman, ular maydonda bor kuchini berdi. Afsuski, oʻyin yakunlanib borayotganda darvozamiz tomon penalti belgilandi. Bundan natijaga loyiq emasdik. Oʻyin yakunida Marchello Lippiga omad ularga kulib boqqanini aytdim. Qaytarib aytaman, magʻlubiyatga loyiq emasdik.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu ustupila Kitayu - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Xitoy – Oʻzbekiston 1:0, endi umid JCH-2022 danmi?

Raqibni hurmat qilgan holda shuni aytishim kerakki, Toshkentda boʻlgani kabi bu yerda ham gʻalaba qozonishimiz kerak edi. Ammo bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Birinchi navbatda Xitoy bilan oʻyinni xotirjamlik bilan oʻrganib chiqishimiz kerak. Shundan keyin Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinga tayyorgarlik koʻramiz. Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Barchasi Toshkentda, Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda hal boʻladi”, – dedi Samvel Babayan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi 5 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.

Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala