TOSHKENT, 2 sen – Sputnik.Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 2 sentyabrida 5177-sonli qarorni imzoladi. Unga koʻra 5 sentyabrda Oʻzbekistonda valyuta almashtirish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirila boshlaydi, prezident matbuot xizmati xabariga asosan.
Unga koʻra, Oʻzbekistonda 5 sentyabrdan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani hech qanday cheklovlarsiz almashtirishni boshlaydi.
“2017 yilning 5 sentyabridan quyidagi tartib oʻrnatilsin:
Oʻzbekiston respublikasining yuridik shaxslari xalqaro faoliyatning joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun tijorat banklaridan xorijiy valyutani cheklanmagan miqdorda sotib olish yoki sotishlari mumkin;
Oʻzbekiston respublikasining jismoniy shaxslari tijorat banklarida xorijiy valyutani bank kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan, cheklanmagan miqdorda, sotib olish yoki sotishlari mumkin va sotib olingan valyutadan chet elda cheklanmagan miqdorda foydalanishlari mumkin”, — deyilgan prezident qarorida.
Shuningdek, prezident imzolagan hujjatda milliy valyutaning chet el valyutasiga nisabatan kursini belgilashda, faqat bozor mexanizmlaridan foydalanilishi taʼkidlangan.
Undan tashqari, 5 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston barcha koʻrinishdagi eksportchi kompaniyalar uchun valyuta sotish majburiyati bekor qilindi.