Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimov fondi sovrindorlarini e’lon qildi

© REUTERS / Muhammadsharif MamatkulovLola Karimova
Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov mazkur yilning yanvar oyidan may oyigacha o‘tkazilib, unda jami 300ga yaqin yoshlar qatnashdilar

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Islom Karimov nomidagi Fondda xorijda tahsil uchun grant sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

"Islom Karimov Fondining 12 nafar stipendiati keyingi 2-yil davomida Angalt amaliy fanlar universiteti (Germaniya), Rur universiteti (Germaniya), Moskva me’morchilik maktabi hamda Turin politexnika universitetida (Italiya) qayta tiklanuvchi energiya manbalari, mashinasozlik texnologiyalari, shaharsozlik, suv va yer resurslarini boshqarish, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash mutaxassisliklaridan magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladilar.

Grant sohiblarini munosib g‘alaba bilan muborakbod etib, o‘qishlarida omadlar tilayman. Yevropaning peshqadam oliygohlarida ta’lim olgan kadrlar kelajakda Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishiga chin dildan ishonaman", — deyiladi xabarda.

Islom Karimov Fondining xorijda tahsil olish uchun granti sovrindorlari:

Usmonov Mirusmon, Mirtursinov Madiyor, Asadov Bekzod, Iskandarov Nursulton, Mahkamova Lazizaxon, Qambarov Farhodjon, Tursunaliyev Ulug‘bek, Garder Nik, Mirzaaxmedov Otabek, Usmonov Abdijalol, Nurmamatov Jahongir va Feyzullayev Alim.

Tanlov mazkur yilning yanvar oyidan may oyigacha o‘tkazilib, unda jami 300ga yaqin yoshlar qatnashdilar.

Islom Karimov Fondi 2016-yil oktabr oyida mustaqil O‘zbekiston Respublikasining asoschisi va Birinchi Prezidenti xotirasini hamda hayotiy tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan. Iqtidorli yoshlarga milliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish uchun grantlar taqdim etish Islom Karimov nomidagi fond faoliyatining muhim yo‘nalishlaridandir.

Yangiliklar lentasi
0