Sport

Toshkentga Van Damm oʻrniga Stiven Sigal keladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishAmerikanskiy akter Stiven Sigal
Amerikanskiy akter Stiven Sigal - Sputnik Oʻzbekiston
8 sentyabr kuni Stiven Sigal "Oʻzbegim" milliy festivalida rekord palovi tayyorlash jarayonida ishtirok etishi, sportchilar uchun master-klasslar oʻtkazishi koʻzda tutilgan

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtadigan "Asian Fight-2017" turnirida faxriy mehmon sifatida taklif etilgan Gollivud yulduzi Jan Klod Van Damm oʻrniga boshqa bir Gollivud yulduzi Stiven Sigal tashrif buyuradi. Bu haqda turnirning OAV bilan ishlash boʻyicha menejeri Jamshid Xojiakbarov Sputnik muxbiri bilan suhbatda maʼlum qildi.

Xojiakbarovning aytishicha, Van Dammning Oʻzbekistonga kelishi uchun barcha chipta, mehmonxona xarajatlari toʻlangan, shartnoma boʻyicha summaning bir qismi ham oʻtkazib berilgan. Ammo kuni kecha Jan Klod Van Dammning ogʻir betob boʻlib qolganligi va Oʻzbekistonga kela olmasligi turnir tashkilotchilariga xabar qilingan.

Udar posle ostanovki boya i drugiye momentы turnira WEF-4 v Bishkeke - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
"Asian Fight-2017" chiptalari sotuvga chiqdi - narxi 50 mingdan 300 ming soʻmgacha

Tashkilotchilarning saʼy-harakatlari natijasida Van Dammning oʻrniga Gollivudning yana bir yulduzi, jang sanʼati ustasi Stiven Sigal faxriy mehmon sifatida tashrif buyuradi.

Shuningdek, tashrif buyurishi eʼlon qilingan Jeff Monson ham kelmaydigan boʻldi. U bilan kelishuvni turnir tashkilotchilarining oʻzlari bekor qilishgan. Xojiakbarovning aytishicha, Monson Van Damm bilan birga kelishi moʻljallangan, lekin Van Damm kela olmasligi maʼlum boʻlgach, Jeff bilan kelishuv bekor qilingan.

8 sentyabr kuni Stiven Sigal "Oʻzbegim" milliy festivalida rekord palovi tayyorlash jarayonida ishtirok etishi, sportchilar uchun master-klasslar oʻtkazishi koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida boʻlib oʻtadigan Asian Fight-2017 xalqaro turnirida oʻzbekistonlik 8 nafar sportchi Singapur, Afgʻoniston, Rossiya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Kipr mamlakatlarining jangchilari bilan kuch sinashishadi.

Ushbu turnirda sportning yakkakurash turlari boʻyicha Osiyo va jahon chempionatlarida sovrinli oʻrinlarni egallagan Mahmud Murodov, Anvar Boynazarov, Jasur Mirzamuhammedov, Ulugʻbek Umarov, Hasanxon Baratov, Muhammadali Toshturgʻunov, Isroil Rasulov, Ayubxon Kamolov va Ahliddin Mirzadavlatov Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala