Jamiyat

Samarqandda giyohvand moddalar sotuvchilarga qamoq jazosi berildi

© AP Photo / Anvar IlyasovUnichtojeniye narkotikov sotrudnikami SNB Uzbekistana na okraine Tashkenta
Unichtojeniye narkotikov sotrudnikami SNB Uzbekistana na okraine Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Jinoiy guruh boshligʻi Toʻlqin Xolov qoradorini katta miqdorda sotib olib oʻz yordamchilari orqali tarqatishni yoʻlga qoʻygan.

TOSHKENT, 11 sen — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tuman sudi giyohvand moddalarni noqonuniy olib kelish  va sotish bilan shugʻullangan uyushgan jinoiy guruh aʼzolari ustidan hukm oʻqidi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Urgut tumanidan boʻlgan 32 yoshli Toʻlqin Xolov boshchiligidagi jinoiy guruhni Samarqand viloyati Milliy xavfsizlik xizmati tezkor qidiruv boʻlimi xodimlari qoʻlga olishdi.

"Tayloq tumanida oʻtkazilgan maxsus operatsiya davomida Neksiya avtomobili toʻxtatildi. Unda yoʻlovchilardan biri O.Joʻrayev narkotik moddalar bilan qoʻlga olindi. Keyinchalik jinoiy guruhning boshqa aʼzolari ham qoʻlga olindi: A.Daminov, B.Barotov, I.Boymatov, SH.Razzokov va oldin sudlangan A.Gapporov va SH.Norovlar", — dedi sud vakili.

Sud majlisida maʼlum boʻlishicha, guruh yetakchisi Toʻlqin Xolov qoradorini katta miqdorda sotib olgan va oʻz yordamchilari orqali kichik partiyalarga boʻlib sotgan.

Qoʻlga olish vaqti tezkor qidiruv boʻlim xodmlari 400 grammga yaqin qoradori, jinoyat yoʻli bilan topilgan 18 mln soʻm pul va narkotik moddalarni tashish uchun foydalanilgan 5ta avtomashinani musodara qilishgan.

Koʻrib chiqilgan ish yuzasidan jioiy guruhning barcha aʼzolari Oʻzbekiston JKning bir qator bandlari boʻyicha aybdor deb topilgan. Xususan, Tulqin Norov va Abdurauf Daminov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, guruhning boshqa aʼzolari 7 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi olishgan.

Yangiliklar lentasi
0