Jamiyat

Markaziy bank vakili naqd dollar qachondan sotilishi mumkinligiga oydinlik kiritdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik Oʻzbekiston
Uning soʻzlariga koʻra, bu masala kun tartibida turibdi va bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda bir necha oydan soʻng aholiga dollarni naqd koʻrinishda sotish boshlanishi rejalashtirilgan, deb maʼlum qildi bugun boʻlib oʻtgan brifing davomida Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov.

Uning soʻzlariga koʻra, bu masala kun tartibida turibdi va bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

"Aniq muddat hozircha yoʻq, lekin bu albatta boʻladi. Bir necha oydan keyin boʻladi deb oʻylayman, buning aniq muddati kelgusi vaziyatga bogʻliq. Biz barcha ishlarni boshlashdan oldin yetti oʻlchab, bir kes tamoyiliga amal qilganmiz. Bularning bari iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatadi va shu bois biz alohida shaxsga emas, butun iqtisodiyotga qanday taʼsir koʻrsatishidan kelib chiqib ish koʻramiz", — dedi Markaziy bank vakili.

Toshkentdagi Oʻzbekiston Milliy banki filiali valyuta ayriboshlash shoxobchasida banknotalarni sanayotgan ayol - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Valyuta erkinligining ilk natijalari yoxud qaydasan, dollar?

Ishmetovning qayd etishicha, valyuta bozorini liberallashtirish boʻyicha farmon tayyorlanishiga bir yil ketgan va boʻlajak oʻzgarishlar borasida butun iqtisodiy blok yakdil fikrga kelganidan keyingina jarayonni boshlashga qaror qilingan.

"Farmon biz taxmin qilganimizdan koʻra ancha ertaroq chiqdi. Biroq hozirda barchasi bosqichma-bosqich, hisob-kitoblarga asosan bormoqda, taxminlarimiz amalga oshmoqda, bu bizni quvontiradi va kelgusi harakatlarni tezroq amalga oshirishga asos boʻladi", — taʼkidladi u.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 5 sentyabrdan boshlab rezident jismoniy shaxslar almashtirish punktlarida valyutani chegaralanmagan miqdorda sotish huquqiga ega boʻldilar. Valyuta sotib olish esa tijorat banklarining konversion boʻlimlarida xalqaro toʻlov kartalariga tushirish orqali amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala