Jamiyat

Chorvoq suv ombori yaqinidagi noqonuniy axlatxonaga barham berildi

© Gosudarstvennыy komitet Uzbekistana po ekologii i oxrane okrujayuщey sredыGosudarstvennыy komitet Uzbekistana po ekologii i oxrane okrujayuщey sredы ustranil svalku na Charvakskom vodoxraniliщe
Gosudarstvennыy komitet Uzbekistana po ekologii i oxrane okrujayuщey sredы ustranil svalku na Charvakskom vodoxraniliщe - Sputnik Oʻzbekiston
Yaqinda ijtimoiy tarmoqda Chorvoq suv omborining uzoq qirgʻogʻida joylashgan ikki tepalik orasidagi boʻsh yerda noqonuniy axlatxona paydo boʻlgani haqida xabar berilgandi

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Chorvoq suv ombori yaqinidagi noqonuniy chiqindixona tozalandi.

Svalki ustroili otdыxayuщiye pryamo na vershine dvux xolmov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Chorvoq atrofi axlatxonaga aylanib bormoqda

"Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspektsiyasi xodimlari tomonidan Chorvoq suv omborining uzoq qirgʻogʻida joylashgan ikki tepalik orasidagi ruxsat etilmagan (noqonuniy) chiqindi obʼyekti toʻliq tozalandi", — deyiladi qoʻmita matbuot xizmati xabarida.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqda Chorvoq suv omborining uzoq qirgʻogʻida joylashgan ikki tepalik orasidagi boʻsh yerda paydo boʻlgan noqonuniy axlatxona yoyilib yotgani, shamol har kuni ushbu chiqindilarni yanada kengroq masofaga yoyib yuborayotgani haqida xabar berilgan edi.

Qoʻmita fuqarolardan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq qonun buzilishi holatlari aniqlangan paytda toʻgʻridan-toʻgʻri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ishonch telefoniga murojaat qilishlarini soʻragan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala