Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling: Toshkentda ogohlantiruvchi bannerlar o‘rnatildi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishNa odnoy iz ulis goroda Tashkenta
Na odnoy iz ulis goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu bannerlar Toshkent shahridagi A.Temur, Bobur, Bog‘ishamol, Beshog‘och, Sh.Rashidov ko‘chalarida yo‘l bo‘ylarida joylashgan reklama shitlariga joylashtirildi

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Toshkentda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga targ‘ib qiluvchi bannerlar o‘rnatildi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Daxshatli YTH: Toshkentda ayol boshqaruvida bo‘lgan avtomobil piyodalarni urib yubordi

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrida yo‘l transport hodisalarining sonini kamaytirish maqsadida yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qiluvchi, kuchli charchoqlik holatida, xavfsizlik kamarini taqmasdan transport vositasini boshqarmaslik, transport vositasini boshqarish vaqtida uyali telefondan foydalanmaslik, tezlikni meyordan oshirmaslik, spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda transport vositasini boshqarmaslik haqida targ‘ibot bannerlari ishlab chiqildi va o‘rnatildi.

Ushbu bannerlar Toshkent shahridagi A.Temur, Bobur, Bog‘ishamol, Beshog‘och, Sh.Rashidov ko‘chalarida yo‘l bo‘ylarida joylashgan reklama shitlariga joylashtirildi.

Toshkentda har haftada turli yo‘l transport hodisalari sodir bo‘ladi. Masalan, bugun navbatdagi fojiali YTH sodir bo‘ldi. 21 yoshli qiz boshqaruvida bo‘lgan "Lasetti" avtomobili yo‘l chetida ketayotgan piyodalar ustiga bostirib bordi. Avtomashina piyodalarni urib yuborgach "Neksiya" mashinasiga borib urilgan. Ushbu YTH oqibatida uch kishi jarohatlangan. Yana bir kishi olgan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0