Migratsiya

Koreyada ishlashni xohlovchilar test topshiradi va maxsus sinov jarayonidan oʻtadi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishZarubejnыe stranы: Yujnaya Koreya
Zarubejnыe stranы: Yujnaya Koreya - Sputnik Oʻzbekiston
Janubiy Koreyada ishlashni istagan nomzodlar chet tilidan imtihon topshiradilar hamda profayling jarayonidan oʻtadilar

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Janubiy Koreyada ishlashni istagan oʻzbekistonliklar maxsus testdan oʻtadilar, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

Rabochiye na stroitelnoy ploщadke, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Joriy yilning 1-choragida 550 nafar oʻzbekistonlik Janubiy Koreyaga ishlash uchun ketgan

Respublika Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Koreyaning kompleks test oʻtkazish Markazi bilan shartnoma imzoladi.

Endilikda Koreyada ishlashni istovchilar chet tilidan imtihon topshiradilar va profayling (insonni imo-ishorasi orqali oʻrganish) jarayonidan oʻtadilar.

Dastlabki test sinovida yuqori ball olgan daʼvogarlar roʻyxati Koreya tomoniga yuboriladi. Soʻngra ular Koreya tomonidan test sinovidan oʻtkaziladi.

Sinovlar bir yil muddat davomida olib boriladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri oʻrinbosari Erkin Muhitdinovning aytishicha, Koreyaga yuboriladigan oʻzbekistonlik kadrlarning imijini oshirish uchun barcha zarur ishlar amalga oshiriladi. Respublika hukumati Koreya Oʻzbekiston uchun yillik kvotani oshiradi degan fikrda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala