Iqtisod

Markaziy bank kriptovalyutalardan foydalanishni maslahat bermaydi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishKriptovalyuta bitkoyn
Kriptovalyuta bitkoyn - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Markaziy banki, aholiga bugungi kunda dunyoda kundan-kunga ommaviylashib ketayotgan, kriptovalyutalardan foydalanishni maslahat bermaydi

TOSHKENT, 17 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki kriptovalyutalarning bir necha salbiy tomonlarini sanab oʻtib, aholiga ulardan foydalanishni maslahat bermadi.

Krpitovalyuta (bitkoin, efirium, litkoin va boshqalar) –  bu elektron pul, blokcheyn texnologiyasiga  asoslangan raqamli hisob-kitob birligidir. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: kriptovalyutadan foydalanayotgan tomonlarning anonimligi saqlanib qoladi; hech bir davlat yoki tashkilot uni ishlab chiqarish yoki aylanishiga xoʻjayinlik qila olmaydi;

“Iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida kriptovalyutalarni joriy etish va ular vositasida operatsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligini bildirgan holda, mazkur operatsiyalarda aholining ishtirok etishi tavsiya etilmaydi”, — deyilgan Oʻzbekiston Markaziy banki xabarida. 

Bunday maslahat berilishiga Markaziy bank kriptovalyutalar bilan bogʻliq bir necha sabablarni sanab oʻtgan.

Bitkoin - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Bitkoin yangi dunyo valyutasiga aylanmoqdami?
Xususan, kriptovalyutalardan baʼzan noqonuniy operatsiyalarda, jumladan terrorizmi moliyalashda foydalanilayotgani, davlat va xalqaro moliya institutlari ularni nazorat qila olmasligi, ular xufiyona iqtisodni kengaytirishga sabab boʻlayotgani, keskin qadrsizlanib qolishi mumkinligi  va markaziy banklarning nzorat qilish siyosatini cheklayotgani sanab oʻtilgan.

Shu bilan bir vaqtda, Markaziy bank jahon moliyaviy xizmatlari sohasidagi yangiliklar, qoʻllanilayotgan texnologiyalarni kuzatib va muntazam ravishda tahlil qilib borayotgani ham qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala