Jamiyat

Avval futbolchi keyin opera xonandasi boʻlgan Zurab Sotkilava vafot etdi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishTenor Zurab Sotkilava vыstupayet na kontserte v Moskovskoy konservatorii
Tenor Zurab Sotkilava vыstupayet na kontserte v Moskovskoy konservatorii - Sputnik Oʻzbekiston
Zurab Sotkilava Moskvadagi Katta teatrda bir necha oʻn yillar davomida ishlagan. Juzeppe Verdining "Trubodur" operasida Manriko, Jakomo Puchchinining "Toska" operasida Mario Kavaradossi rollarini ijro etgan.

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. SSSR Xalq artisti, Gruziya va Rossiya opera xonandasi, Katta teatr solisti va Moskva konservatoriyasi pedagogi Zurab Lavrentyevich Sotkilava 80 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Operatsiyadan soʻng Zurab Lavrentyevich oʻzini yaxshi his qilayotgan edi, lekin bugun ertalab u kishi vafot etdi", — deb xabar berishdi xonandaning qarindoshlari.

Zurab Sotkilava 1937 yilda Suxumida tugʻilgan. Yoshligidan futbolga qiziqqan va Dinamo Suxum jamoasida oʻynagan. 20 yoshida Gruziya terma jamoasining kapitani boʻlgan. Jamoa 1956 yilda SSSRda birinchilikni qoʻlgan kiritgan. Keyinchalik oʻyinda ogʻir jarohat olib futbolni tark etishga majbur boʻlgan.

Anna Netrebko - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Opera yulduzi Anna Netrebko Toshkent bozoridan hayratda qoldi

1965 yilda Tbilissi konservatoriyasini yakunlab, Gruziya opera va balet teatriga ishga kiradi. 1966-1968 yillarda Italiyaning La Skala teatrida malaka oshirishda boʻladi.

1974 yildan boshlab Moskva Katta teatrida Jorj Bizenineg "Karmen" operasida Xoze roli bilan debyut qiladi va teatrning asosiy truppasiga kiradi.

1976 yildan boshlab teatrda ishlash bilan bir vaqtda Moskva konservatoriyasida oʻqituvchilik qilib kelgan.

Sotkilavaning soʻnggi kontserti 2015 yilning Oktyabr oyida Sergiyev Posad shaharchasida boʻlib oʻtdi. Shu yilning oʻzida shifokorlar xonanda ogʻir kasallikka — oshqozon osti bezi saratoniga chalingani aniqlashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala