Iqtisod

Oʻzbekiston va Germaniya oʻzaro savdo aylanmasi 520 mln $ni tashkil qildi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Berlin
Goroda mira. Berlin - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kunda Oʻzbekistonda Germaniya sarmoyasi ishtirokida 123 ta kompaniya faoliyat yuritmoqda

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. 2016 yilda Oʻzbekiston va Germaniya orasida oʻzaro savdo aylanmasi 520 million dollarni tashkil qildi. Uzbekistan 24 telekanali xabariga asosan.

Zavod po proizvodstvu avtobusov MAN v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Toshkentda Oʻzbekiston-Germaniya biznes-forumi boʻlib oʻtadi

Bir kun avval Toshkentda Germaniya elchixonasida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda Germaniya elchisi Naytxart Xyofer-Vissing soʻzga chiqib, mamlakatlar oʻzlarining barcha iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlaridan toʻliq foydalanmayotganligini taʼkidlab oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, mazkur koʻrsatkichlar Oʻzbekistondagi konvertatsiya, byurokratik toʻsiqlar va huquqiy xavfsizlik tufayli uncha yuqori emas.

Oxirgi vaqtlarda Mirziyoyevning islohotlari tufayli, xususan Oʻzbekistonda valyuta konvertatsiyasi muammosi hal boʻlayotganligiga qaramasdan "davlat mamlakat iqtisodiy hayotida hamon juda katta rol oʻynamoqda", — deb taʼkidladi elchi.

Xyofer-Vissing soʻzlariga qaraganda, oʻzaro tovar aylanmasining 90 foizi Germaniyaning eksporti hisobiga toʻgʻri keladi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda Germaniya sarmoyasi ishtirokida 123 ta kompaniya faoliyat yuritmoqda. Germaniya va Oʻzbekiston korxonalari tomonidan qiymati bir milliard yevrolik qoʻshma investitsion loyihalar amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala