Meksikada bo‘lib o‘tgan dahshatli yer qimirlashi lavhalari

© AP Photo / Carlos Cisneros Zemletrasenie v Meksike
Zemletrasenie v Meksike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yer qimirlashida 216 kishi qurbon bo‘lgan, ulardan 20 nafari yosh bolalar.

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Meksikada bo‘lib o‘tgan 7,1 balli yer qimirlashida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 216 kishi qurbon bo‘lgan.

“Shu vaqtga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Mexikoda 86 kishi, Morelosda 71 kishi, Puebloda 43 kishi, Edomeksda 12 kishi, Gerreroda 3 kishi va Oaxakda 1 kishi qurbon bo‘lgan», — dedi Luis Felipe Puente Meksika hukumati fuqaro himoyasi direktori.

Yer qimirlashi qurbonlari orasida 20 nafar yosh bolalar bor, yana 30 bola daraksiz yo‘qolgan.

Meksika milliy seysmologiya xizmati xabariga ko‘ra, asosiy yer qimirlashi kuchi 7,1 ballga teng bo‘lgan. Undan keyin 11ta aftershok bo‘lgan. Ulardan eng kuchlisi 4 balli yer qimirlashiga teng bo‘lgan.

Aholisi 20 mln kishi bo‘lgan Mexikoda yer qimirlashi oqibatida buzilgan yoki yaroqsiz holga kelgan binolar soni 38taga yetdi. Yer qimirlashi episentriga yaqinroq bo‘lgan Pueblo shahrida 40ga yaqin binolar vayronaga aylandi. Ular orasida 16-17 asrlarda qurilgan katolik cherkovlar binolari ham bor.

Shuni ta’kidlash kerak-ki, Meksikada bundan roppa-rosa 32-yil oldin 1985-yilning 19-sentabrida ham 8,2 balli zilzila yuz bergan va 100dan ortiq kishining umriga zomin bo‘lib, 2,3 mln kishini boshpanasiz qoldirgan ekan.   

Ispancha Sputnik ma’lumotiga asosan.

 

Yangiliklar lentasi
0