Iqtisod

Hindiston Oʻzbekistondan uran sotib olmoqchi

© Press-slujba prezidenta Ukrainы / Fotobankka oʻtishPrezident Ukrainы P. Poroshenko posetil Rovenskuyu AES
Prezident Ukrainы P. Poroshenko posetil Rovenskuyu AES - Sputnik Oʻzbekiston
Hindistonga uran mamlakatdagi atom elektr stantsiyalari toʻxtovsiz ishlashi uchun kerak. Bugungi kunda Hindistonda 22ta AES bor.

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Hindiston oʻzining strategik zahiralarini toʻldirish maqsadida Oʻzbekistondan uran sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qilmoqda PTI agentligi.

Tsentralnaya chast goroda Deli - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Hindiston poytaxtida savdo uyini ochdi

Hindistonga uran mamlakatdagi atom elektr stantsiyalari toʻxtovsiz ishlashi uchun kerak. Bugungi kunda Hindiston Rossiya, Qozogʻiston, Kanada va Avstraliyadan uran sotib olmoqda.

Ayni damda Oʻzbekiston bilan ham ushbu mavzuda muzokaralar boshlagan. Ushbu maqsadda Oʻzbekiston rasmiy delegatsiyasi oʻtgan oyda Hindistonga tashrif buyurgan edi. Hindiston TIV vakili xabariga koʻra, Hindiston va Oʻzbekiston orasida uran mavzusidagi dastlabki muzokaralar Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan Ostonadagi SHHT sammitidagi  uchrashuvidan soʻng boshlangan.

“Biz oldin Oʻzbekistondan uran import qilmoqchi boʻlganimizda, ular uranni Hindiston portiga yetkizib berishdan bosh tortgan edi, lekin hozir ular bunga rozi va ushbu mavzuda muzokaralar olib borilmoqda”, — dedi Hindiston TIV vakili.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Hindistonda umumiy quvvati 6780 megavatt boʻlgan 22 ta AES  ishlab turibdi va yana 21ta AES qurilmoqda. 2021-2022 yillarga kelib Hindiston atom energiyasi ishlab chiqarish ikki baravariga oshadi. 2030 yilga kelib esa AESlar umumiy quvvatini 22 ming megavatga yetkizmoqchi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala