Dunyoda

Tojikiston fuqarosi Moskva jomeʼ masjidida oʻgʻirlik qilgani uchun qoʻlga olindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMoskva shahridagi jomeʼ masjidi
Moskva shahridagi jomeʼ masjidi - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻlga olingan shaxs Tojikistondan kelgan, Moskvada aniq yashash joyi boʻlmagan 22 yashar yigitcha boʻlib chiqdi. Ishsiz migrantning aybi toʻliq isbotlangan, oʻgʻirlangan pullar esa olib qoʻyilgan

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Moskvada huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Tojikiston fuqarosini Moskva jomeʼ masjidida oʻgʻirlikda gumon qilib qoʻlga oldilar, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston nashri.

Skoraya pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
"Moskva" savdo markazi oldidagi mojarodan soʻng bir migrant reanimatsiyaga tushdi
Aniqlik kiritilishicha, oʻgʻirlik haqida ariza bilan xususiy qoʻriqlash korxonasi xodimi murojaat qilgan.

Arizachi Vipolzov burimida joylashgan Moskva jomeʼ masjidida nomaʼlum erkak 10 ming rublga yaqin mablagʻni yashirin tarzda oʻmargani va qochishga harakat qilgani, ammo u masjid posbonlari tomonidan ushlangani haqida xabar qilgan.

Qoʻlga olingan shaxs Tojikistondan kelgan, Moskvada aniq yashash joyi boʻlmagan 22 yashar yigitcha boʻlib chiqdi. Ishsiz migrantning aybi toʻliq isbotlangan, oʻgʻirlangan pullar esa olib qoʻyilgan.

Gumonlanuvchiga nisbatan oʻgʻirlik moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala