TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Samarqand viloyati hokimiyati tomonidan tashkil qilingan qabulda, Butun Rus patriarxi Kirillga “Oʻzbekiston” markali kagor vinosi sovgʻa qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Ushbu kagor vinosini Cherkovda juda yaxshi bilishadi. Undan Sovet davrida ham hozir ham diniy marosimlarda foydalaniladi. Patriarx Kirillga, oʻzi tugʻulgan 1946 yil vinosini sovgʻa qilishdi”, — dedi cherkov vakili.
Patriarx aytishiga qaraganda, ushbu vino uning uchun oʻtam muhim boʻlgan marosimlardan biri vaqtida ishlatiladi.
Rossiya Cherkovi matbuot-kotibi "Rus Pravoslav Cherkovi uchun “Oʻzbekiston” markali kagor vinosi Pravoslav cherkov marosimlarida ishlatilayotgan vinolar orasida eng sifatlilaridan biri hisoblanadi", — dedi.
Nasroniylar urf-odatiga koʻra, kagor vinosi va non “Prichasheniye” deb nomlangan marosimda vaqtida ishlatiladi. Ushbu marosim Iso Masih chormixga tortilishdan oldin barcha oʻquvchilarini vino va non bilan mehmon qilganining ramzi sifatida amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Patriarx Kirill Oʻzbekistonga 29 sentyabr – 2 oktyabr kunlari tashrif amalga oshirmoqda. Butun Rus cherkovlari patriarxi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Samarqandda Patriarx Kiril Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov qabrida boʻldi va Xoʻja Doniyor maqbarasini ziyorat qildi. Xoʻja Doniyor nasroniy dinida ham paygʻambar hisoblanadi. Uni – Svyatoy Daniil deb atashadi.
