Jamiyat

Dori-darmon taqchilligi va uning narxi oʻsishi muammosi hal qilindi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishRabota farmatsevticheskogo predpriyatiya "Oblastnoy aptechnыy sklad" v gorode Chelyabinske
Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechnыy sklad v gorode Chelyabinske - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bundan buyon ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish istisno tariqasida «Oʻzmedeksport» davlat tashqi iqtisodiy korxonasi shugʻullanadi.

TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash borasida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda, deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz taʼminlash, sunʼiy taqchillik va narxlarning oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida 2017 yil 1 avgustidan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish, istisno tariqasida, “Oʻzmedeksport respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi zimmasiga yuklatilgan.

Medikamentы i preparatы dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Dori-darmonlarni yanada arzonlashtirish boʻyicha yangi qaror qabul qilindi

“Oʻzmedeksport” – dori vositalari va tibbiyot buyumlarini respublika Nazorat komissiyasi tasdiqlagan narxlarda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, tender savdolari oʻtkazilmasdan sotib olish huquqiga ega boʻldi.

Ilgari xorijdan xarid qilinayotgan dori vositalari to yurtimizga kiritilib, dorixonalarga tarqatilguniga qadar bir necha bosqichlardan oʻtardi. Natijada ortiqcha rasmiyatchiliklar sabab, zarur dori belgilangan muddatidan kechikib yetib kelardi va ayrim muhim dorilar taqchillik hollari paydo boʻlardi.

Undan tashqari, kecha Oʻzbekiston —Rossiya biznes forumi doirasida “Oʻzmedeksport” Rossiya Federatsiyasining “Farmstandart” aktsiyadorlik jamiyati bilan uch yillik oʻzaro hamkorlik memorandumini imzoladi.

“Farmstandart” AJ Rossiyaning eng yirik farmatsevtik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya 9 farmatsevtika zavodiga ega boʻlib, yiliga 17 mlrd. oʻramada dorilar ishlab chiqaradi.  

Yangiliklar lentasi
0