Jamiyat

Narxlar oshmaydigan boʻldi - "Oʻzbektelekom"

© 112Uatelefon zvonok goryachaya liniya slujba dispetcher
telefon zvonok goryachaya liniya slujba dispetcher - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq "Oʻzbektelekom" shahar telefonlaridan foydalanganlik uchun tariflarni 30%ga, xalqaro qoʻngʻiroqlar narxlarini ikki baravarga oshirishi haqida maʼlum qilgandi

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar oʻzgarishsiz qoladi. Bu haqda "Oʻzbektelekom" AK maʼlum qildi.

Telefon - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbektelekom xalqaro qoʻngʻiroqlar narxini ikki baravar oshirdi

"Kompaniya abonentlari va hamkorlari istaklaridan kelib chiqib, Oʻzbektelekom" AK 2017 yil 6 oktyabrda eʼlon qilingan oʻzgarishlar bekor qilinganligini maʼlum qiladi", deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniyaning bildirishicha, 2016 yil 1 iyulda kiritilgan "Telekommunikatsiya universal xizmatlariga tariflarning cheklangan darajasi" 125-1/1-sonli preyskurant amal qilishda davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq "Oʻzbektelekom" shahar telefonlaridan foydalanganlik uchun tariflarni 30%ga, xalqaro qoʻngʻiroqlar narxlarini ikki baravarga oshirishi haqida maʼlum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala