Hodisalar

Vladimirdagi YTHda halok boʻlgan 16-fuqaroning shaxsi aniqlandi

© MCHS RF / Fotobankka oʻtishAvtobus i poyezd stolknulis na j/d pereyezde vo Vladimirskoy oblasti
Avtobus i poyezd stolknulis na j/d pereyezde vo Vladimirskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning jasadini Oʻzbekistonga olib kelish boʻyicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining bergan maʼlumotiga koʻra, joriy yilning 9 oktyabr kuni Vladimir viloyatidagi oʻzbek diasporasi koʻmagida, YTH oqibatida vafot etgan, avval shaxsi aniqlanmagan soʻnggi fuqaroning ham shaxsi aniqlandi, deb xabar berdi Oʻzbekiston FVV matbuot-xizmati.

Lyudi vo vremennom punket razmeщeniya v g. Pokrov Vladimirskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimirdagi YTHda jabrlangan oʻzbekistonliklarga tovon puli toʻlandi

Xabarga koʻra, u 1979 yil 7 mart kuni tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Usmonov Joʻrabek Jumayevich boʻlib, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sheroziy mahallasida istiqomat qilgan.

Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning jasadini Oʻzbekistonga olib kelish boʻyicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, YTH oqibatida jarohatlangan 6 yoshli qizcha joriy yilning 10 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi FVVning vertolyotida Moskva shahriga davolanish uchun olib kelingan boʻlib, uchish davomida uning ahvoli yomonlashmagan, qizchaga vrachlar tomonidan zaruriy yordam koʻrsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala