Jamiyat

Tashabbus yoʻq – muammolar bor: Mirziyoyev energetiklarni tanqid qildi

© Novosti UzbekistanaGazovыy elektronnыy schetchik
Gazovыy elektronnыy schetchik - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan davrda davlat byudjetiga 171 milliard soʻm zarar yetkazishi mumkin boʻlgan 182 jinoiy holat aniqlangan va ularga nisbatan tegishli choralar qoʻllanilgan

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Oʻzbekiston rahbari energetika sohasi vakillari bilan isitish mavsumiga oid muammolar hamda Majburiy ijro byurosi faoliyatini muhokama qildi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Yigʻilishda bosh vazir oʻrinbosari, respublika bosh prokurori, "Oʻzbekenergo", "Oʻztransgaz" kompaniyalari rahbarlari, mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Elektricheskaya podstantsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda elektr oʻchmaydigan boʻladi - investitsion loyiha shartlari tasdiqlandi

Asosiy eʼtibor aholi, ishlab chiqarish obʼyektlari, ijtimoiy muassasalarni tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, bu boradagi toʻlovlarning amalga oshirilishi, bugungi holat va muammolarga qaratildi.

Xususan, Bosh prokuratura huzurida yaqinda tashkil etilgan Majburiy ijro byurosi hisobot topshirdi.

Byuroning asosiy vazifalari foydalanilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni keskin kamaytirish, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarning oldini olish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlashdan iborat.

Majburiy ijro byurosining faoliyati natijasida joriy yilning iyun-sentyabr oylarida 5 trillion 400 milliard soʻm qarzdorlik undirildi. Uning 3 trillion 400 milliard soʻmi elektr energiyasi, 2 trillion soʻmi tabiiy gaz hisobiga toʻgʻri keladi.

Oʻtgan davrda davlat byudjetiga 171 milliard soʻm zarar yetkazishi mumkin boʻlgan 182 jinoiy holat aniqlangan va ularga nisbatan tegishli choralar qoʻllanilgan.

Proizvodstvo televizorov na zavode kompanii Telebalt - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mol-mulklaridan ayrilgan fuqarolar qarzni bir kunda toʻlashmoqda - MIB

Ammo "Oʻzbekenergo" va "Oʻztransgaz" tizimida yangilikka intilishning yetishmasligi, oʻziboʻlarchilik va talon-tarojlik holatlari mavjudligi hamon bu sohada muammolar saqlanib qolishiga sabab boʻlmoqda.

Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida ayrim sohalar rahbarlarining ishga sovuqqon munosabati, hamon uchrayotgan eskicha qarashlar mamlakat taraqqiyoti va aholi farovonligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini inobatga olib, bunday holatlarga oʻz vaqtida tegishli choralar koʻrish, ishni tashkil etishda yangicha yondashuvlarni hayotga tatbiq etib borish vaqti kelganini taʼkidladi.

Prezident yigʻilishda Majburiy ijro byurosi faoliyatini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish, sanoat tarmoqlari mutasaddilari, mahalla faollari bilan hamkorlikni kengaytirish kabi muhim vazifalar boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala