Jamiyat

Oʻzbekiston aeroportlarida nihoyat "yashil yoʻlak" ishga tushadigan boʻldi

© Press-slujba prezidenta TatarstanaMejdunarodnыy aeroport Tashkenta
Mejdunarodnыy aeroport Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
2018 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston xalqaro aeroportlarida, 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa bojxona chegarasi orqali oʻtiladigan barcha avtomobil va temiryoʻl oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlak tizimi ishga tushadi

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. 2018 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston xalqaro aeroportlarida ikki yoʻlak tizimi ishga tushadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Unga koʻra, yoʻlovchilar uchun "yashil" va "qizil" yoʻlaklar joriy etiladi. "Yashil" yoʻlak jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona chegarasidan deklaratsiya toʻldirmasdan olib oʻtishi uchun moʻljallangan boʻlsa, "qizil" yoʻlak jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona chegarasidan olib oʻtish uchun moʻljallangan joy hisoblanadi.

AQSH dollari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bojxona vakili: xorijdan valyuta olib kirishga hech qanday cheklov yoʻq

2021 yil 1 yanvardan boshlab esa mazkur tizim respublika bojxona chegarasi orqali oʻtiladigan barcha avtomobil va temiryoʻl oʻtkazish punktlarida ham ishga tushadi.

Ekspertlarning fikricha, bu fuqarolarning bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtishlarini jahon standartlariga muvofiq tarzda amalga oshirish imkonini beradi, chegaradagi rasmiyatchiliklarni yengillashtiradi hamda turizmning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.

"Yashil" yoʻlakka kirish oq fonda yashil rangli sakkiz burchak shaklidagi, davlat tili, rus tili va ingliz tillarida yashil rangda "Yashil yo'lak", "Zelenыy koridor" va "Green channel" hamda "Yozma deklaratsiyalanmaydigan tovarlar" "Tovarы, ne podlejaщiye pismennomu deklarirovaniyu" va "Nothing to declare" yozuvlari tushirilgan belgi bilan belgilanadi.

"Qizil" yoʻlakka kirish oq fonda qizil rangli kvadrat shaklidagi davlat tili, rus tili va ingliz tillarida qizil rangda "Qizil yo'lak", "Krasnыy koridor" va "Red channel", "Yozma deklaratsiyalanadigan tovarlar", "Tovarы, podlejaщiye pismennomu deklarirovaniyu" va "Goods to declare" yozuvlari tushirilgan belgi bilan koʻrsatiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala