Jamiyat

Oʻzbekistonda avtomobillarda ayrim gaz ballonlaridan foydalanish taqiqlanadi

Zavod komplektatsiyasi buzilgan STG-1 ballonli transport vositalarini boshqarish ham taqiqlanadi

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda 2018 yil 1 fevraldan boshlab STG-2, STG-3 va STG-4 turidagi gaz ballonli uskunalar oʻrnatilgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri. Bu Vazirlar Mahkamasining shu kunlarda qabul qilingan qarorida belgilab qoʻyilgan.

Shuningdek, zavod komplektatsiyasi buzilgan STG-1 ballonli transport vositalarini boshqarish ham taqiqlanadi. Faqatgina Samarqandning JV MAN Auto-Uzbekistan zavodida ishlab chiqariluvchi, STG-3 gaz ballonlari foydalaniladigan MAN A 22 CNG avtobuslari bundan mustasno.

Utilizatsiya avtomobiley na predpriyatiye OOO Vtormet - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan avtomobillar utilizatsiya qilinadi

Kelgusi yilning 1 fevralidan soʻng inspektorlar yoʻllarda STG-2, STG-3 va STG-4 gaz ballon uskunalari, shuningdek, zavod komplektatsiyasi buzilgan STG-1 ballonlariga ega avtomobillarni aniqlasalar, ularning egalariga foydalanilishi taqiqlangan transport vositalarini boshqarganligi uchun javobgarlik qoʻllaniladi.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, foydalanilishi taqiqlangan transport vositalarini boshqarish eng kam ish haqining 5 baravari miqdoridagi jarima solinishiga sabab boʻladi (748 875 soʻm).

Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda mamlakatda STG-3 va STG-4 gaz ballonlaridan foydalanadigan avtomobillar qolmagan, STG-2 ballonlaridan foydalanadigan avtomobillar soni esa 67,6 mingdan oshmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala