Jamiyat

Prezident Urganch aeroportida bajarilgan rekonstruktsiya ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev aeroport faoliyatini takomillashtirish, mehmonlar uchun qulayliklarni yanada oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifini Urganch xalqaro aeroportida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan boshladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovыm - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida Xorazmga keldi

Urganch xalqaro aeroporti zamonaviy talablar asosida rekonstruktsiya qilingan. Bir soatda 300 yoʻlovchini kuzatish va 300 yoʻlovchini kutib olishga moʻljallangan terminallar, xizmat koʻrsatish xonalari, savdo shoxobchalari tashkil etilgan, yon-atrof obodonlashtirilgan.

"Davlatimiz rahbari topshirigʻiga muvofiq aeroportda rasmiy delegatsiyalar, xorijiy mehmonlarni kutib olish uchun zarur sharoit yaratilmoqda", deb yozadi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilgan ishlar va galdagi rejalar bilan tanishdi. Aeroport faoliyatini takomillashtirish, mehmonlar uchun qulayliklarni yanada oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala