Texnik muammo: Green Card lotereyasi uchun roʻyxatga olish yangitdan amalga oshirilmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Nyu-York
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2017 yil 18 oktyabrga qadar ariza bergan ishtirokchi oʻz arizalari koʻrib chiqilishi uchun ularni qaytadan topshirishi lozim

TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. Texnik sabablarga koʻra, DV-2019 (Grin karta) uchun qaytadan roʻyxatdan oʻtish boshlanmoqda, deb xabar berdi AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi sayti.

2017 yil 18 oktyabrga qadar ariza bergan ishtirokchi oʻz arizalari koʻrib chiqilishi uchun ularni qaytadan topshirishi lozim.

Nyu-York - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
MXX Grin karta bilan bogʻliq yirik firibgarlikni fosh etdi
"Bu boradagi noqulaylik uchun ishtirokchilardan uzr soʻraymiz. Haqqoniylikni taʼminlash va barcha manfaatdor tomonlar uchun jarayonning yaxlitligini himoya qilish maqsadida biz bu yilgi (DV-2019) ariza topshirish jarayonini qaytadan boshlashimiz shart" — qayd etiladi elchixona xabarida.

Elchixona xabariga koʻra, texnik muammoga qandaydir tashqi aralashuv yo xakerlik hujumi sabab boʻlmagan. "Texnik muammo" shuki, ariza topshirgan ishtirokchi oʻzi tugʻilgan mamlakatdan boshqa mamlakatni tanlab, oʻzi muvofiq keladigan mamlakatni hisobga olmagan, deya izoh berilgan xabarda. 

Taʼkidlanishicha, DV-2019 uchun elektron ariza topshirish davri 2017 yil 18 oktyabr, seshanba kunduz soat 11:00 da boshlanib, 2017 yil 22 noyabr, chorshanba kunduz soat 11:00 da tugaydi.

Ariza topshiruvchilar elektron ariza shakliga roʻyxatdan oʻtish davrida rasmiy vebsayt, yaʼni dvlottery.state.gov da kirishlari mumkin.

Muvofiqlik borasidagi boshqa barcha talablar oʻzgarishsiz qolgan.

2019 yil dasturi uchun arizalarni tanlab olish 2018 yil 15 maydan boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0