Jamiyat

Checheniston prezidenti Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrlarini ziyorat qildi

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov bugun Samarqandga tashrif buyurdi

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov bugun Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi maʼlum qildi.

Glava Chechni Ramzan Kadыrov pomolilsya s musulmanami v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Ramzan Qodirov Toshkentga tashrifi chogʻida otasi taʼlim olgan oliygohda boʻldi

Tashrif Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish bilan boshlandi. Qabr oldida taomilga koʻra, Qurʼoni karim tilovat qilindi.

Martabali mehmon marhum prezident dafn etilgan hududda barpo etilayotgan yodgorlik majmuasi bilan yaqindan tanishdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning koʻrsatmalari asosida takomillashtirilayotgan majmuada olib borilayotgan ishlar Checheniston rahbarida katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, Ramzan Qodirov Imom Buxoriy majmuasiga tashrifi asnosida Imom Buxoriy hazratlarining qabrini ziyorat etar ekan, u kishiga boʻlgan yuksak ehtiromini izhor etdi. Qurʼoni karim oyatlaridan oʻqilib, duo qilindi. Mehmon majmua tarixi bilan tanishib, dunyo ahli tan olgan buyuk imomga koʻrsatilayotgan davlat darajasidagi eʼtiborni yuksak baholadi.

Mehmonlar tashrif davomida "Xoʻja Doniyor" ziyoratgohi, buyuk sahoba Qusam ibn Abbos (r.a.) mangu qoʻnim topgan "Shohi Zinda" majmuasi va "Registon" ansamblini ham ziyorat qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala