Jamiyat

Tojikistonda 350 dan ortiq noanʼanaviy jinsiy hayot kechirayotganlar hisobga qoʻyildi

© Sputnik / Anatoliy Medved / Fotobankka oʻtishMiting LGBT-soobщestva
Miting LGBT-soobщestva - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tojikiston IIV rahbariyati va Bosh prokuraturasi tomonidan “jamoat tartibini buzayotgan va jamiyatning zaif guruhlariga kiruvchi” 367 nafar fuqaro maxsus hisobga qoʻyildi.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Tojikiston IIV va Bosh prokuraturasi 350 dan ortiq noanʼanaviy jinsiy hayot kechirayotganlarni maxsus hisobga qoʻydi. Hukumat ularni “jamiyatning zaif guruhlari” deb hisoblamoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Uzbekskiye militsionerы - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Militsiya bir yigitni gey deb kaltaklaganlikda gumon qilinganlarni qoʻlga oldi

“Ushbu toifadagi shaxslar “jamiyatning zaif guruhlari” boʻlgani tufayli hisobga qoʻyilgan. Ular fohishalarni aniqlash uchun oʻtkazilgan "Axloq"  va “Tozalash” operatsiyalari davomida aniqlangan”, — deyilgan Bosh prokuratura xabarida.  

Prokuratura vakili xabariga koʻra, IIV va Bosh prokuratura rahbariyati tomonidan “jamoat tartibini buzayotgan va jamiyatning zaif guruhlariga kiruvchi” shaxslarni aniqlash uchun 2016 yilda tashkil qilingan maxsus ishchi guruh tomonidan aniqlangan.

“Maxsus ishchi guruh 367 nafar jamiyatning zaif guruhlariga kiruvchi shaxslarni aniqlagan. Ulardan 319 nafari – gomoseksualistlar va 48 nafari – lesbiyankalar”, — deyilgan Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Huquqni himoya qiluvchi mutaxassislar fikriga koʻra, Tojikistonda noanʼanaviy jinsiy hayot kechirayotganlar soni bundan bir necha baravar koʻp, lekin jamiyat taʼqibidan qoʻrqqani tufayli, ular yashirin hayot kechirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0