TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. AQSH Markaziy Razvedka boshqarmasi rahbari Maykl Pompeo milliy xavfsizlik vakillari jamlangan Demokratiyani himoya qilish forumida, “Kim Chen In toʻsatdan vafot etsa, buni bizdan soʻramang” — dedi, South China Morning Post xabariga asosan.
“Kim Chen In toʻsatdan vafot etsa, MRB tarixini hisobga olgan holda, men bu haqida hech narsa demayman”, — dedi Pompeo kulib.
“MRB tarixini hisobga olgan holda” – deganda, Pompeo dunyoning bir necha mamlakatlari rahbarlari oʻldirilishida MRBning “qoʻli borligini” haqidgi gumonlarga shama qildi.
Eslatib oʻtamiz, bundan byuir necha oy oldin Shimoliy Koreya MRB va Janubiy Koreya Kim Chen Inni biokimyoviy qurol yordamida yoʻq qilishga urinib koʻrishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.