Jamiyat

Oʻzbekistonda 2022 yilga qadar yoʻl-patrul xizmati postlari modernizatsiya qilinadi

© StringerUzbekskiy militseyskiy avtomobil
Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik Oʻzbekiston
Respublika boʻyicha jami 23 ta yoʻl-patrul xizmati postlari rekonstruktsiya qilinadi

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi 2022 yilga qadar yoʻl-patrul xizmati postlarini bosqichma-bosqich rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi va "texpasport" narxi eʼlon qilindi

Ushbu hujjat talablariga koʻra, 23 ta yoʻl-patrul xizmati postlarida taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Barcha obʼyektlar hududlarni toʻliq qamrab olish hisobi bilan quriladi. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi tomonidan barcha postlar markaziy axborot tizimiga ulash maqsadida internet aloqa tarmogʻi bilan taʼminlanadi.

Birinchi bosqichda 2019 yil fevral oyigacha Toshkent viloyatida A373 avtomobil yoʻlining 134 kilometrida yangi post barpo etiladi. Shuningdek, Namangan viloyatida "Angor" posti rekonstruktsiya qilinadi.

Kelgusi bosqichlarda barpo etiladigan obʼyektlar soni koʻpayib boradi. Jumladan, ikkinchi bosqichda 2019 yil noyabrda 4 ta — "Loish" (Samarqand), "Qibray" (Toshkent vil.), "Qizilqum" (Buxoro) va "Soyboʻyi" (Fargʻona) postlari barpo etiladi. Toʻrtinchi bosqichda 5 ta post quriladi. Kelgusi bosqichlarda yangi postlar soni ortib boradi.

Inspektoram profilaktiki vruchenы klyuchi ot kvartir i mashin - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahar YHXB xizmat avtomashinalariga yoʻllardagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimni oʻrnatishni loyihasini amalga oshirish boshlangandi. Xavfsizlik xizmati xodimlari maʼlumotlariga koʻra, yoʻl xavfsizligi xizmat avtomashinalari maxsus qurilmalar bilan jihozlanmoqda.

Maxsus qurilma avtomashinalar bevosita harakatlanayotgan jarayonda davlat raqamlarini avtomatik tarzda aniqlaydi.

Yoʻl xavfsizligi xizmatida maxsus maʼlumotlar bazasi yuritiladi. Ushbu bazaga jarimalarni toʻlashdan qochib yurgan haydovchilar va qidiruvdagi avtomashinalarning davlat raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tizimli ravishda kiritib borilmoqda. Maxsus qurilma yordamida maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlar bilan solishtirilib, davlat raqami mavjud boʻlgan avtomashinalar haqida yoʻl xavfsizligi xizmati inspektoriga xabar beriladi. Shundan soʻng, qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi avtomashinasi toʻxtatiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala