Moskvada noqonuniy mehnat migrantlari soni kamaymoqda

© Sputnik / Denis Grishkin / Mediabankka o‘tishPosetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil yanvar-sentabr oylari mobaynida ko‘p tarmoqli migratsiya markazi tomonidan 323 ming dona patent berilgan. Bu 2016 shu davr mobaynidagi ko‘rsatkichdan 10 foiz ko‘pdir.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Moskvada mehnat migrantlari qonuniy yo‘l bilan patent olish va ishga kirishga ko‘proq harakat qilishmoqda. Bu holatlar Saxarovo qishlog‘idagi ko‘p tarmoqli migratsiya markazi joriy yil 9 oyida amalga oshirilgan hisobotida qayd etilgan.

Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Sobanin mehnat migrantlari uchun patent to‘lov miqdorini ko‘paytirishni taklif qildi

2017 yil yanvar-sentabr mobaynida ko‘p tarmoqli migratsiya markazi 323 ming dona patent berilgan. Bu 2016 shu davr mobaynidagi ko‘rsatkichdan 10 foiz ko‘pdir. Patent uchun to‘lovlar miqdori 2016-yil 9 oyidagi ko‘rsatkich bilan solishtirilganda 9 foizga ortgan va 11,3 mlrd rublni tashkil qildi.

"Poytaxtda noqonuniy mehnat migrantlari soni qisqarmoqda. Patent rasmiylashtirishning nihoyatda oddiy va shaffof tartibi o‘rtadagi vositachilarni to‘liq yo‘qotdi va horijiy fuqarolarning qonuniy faoliyat yuritishga bosh omil bo‘ldi. Shahar ma’muriyati tomonidan bo‘lg‘usi migrantlarga Moskvada qonuniy ravishda ishga joylashish afzalliklari to‘g‘risida faol ravishda targ‘ibot qilinadi. Bu o‘z navbatida shaharda noqonuniy ishlagan fuqarolarni qonuniy ishlashga yordam bermoqda", — deb ta’kidladi ko‘p tarmoqli migratsiya markazi bosh direktori Nikolay Fedoseyev.

Bundan avval Moskva meri Sergey Sobanin mehnat migrantlari uchun patent to‘lov miqdorini ko‘paytirishni taklif qildi. Ammo Sobanin to‘lovni qancha miqdorga oshirish zarurligini aytib o‘tmadi.

Bugungi kunda mehnat migrantlari uchun patent to‘lovi har oyida 4200 rublni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0