TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Kuni kecha "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK samolyoti HY-604 Moskva-Toshkent yo‘nalishida parvozni amalga oshirgan samolyot 3,5 soatga kech qolib, Toshkent xalqaro aeroportida mahalliy vaqti bilan soat 20:05 da qo‘ndi.
"Domodedova" aeroportidan samolyot belgilangan vaqtdan 20 daqiqa kech uchib chiqqan. Flightradar24 yuklama ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu samolyot Toshkent Islom Karimov xalqaro aeroportiga 6 soat 41 daqiqadan so‘ng qo‘ngan.
© Flightradar24Dannie veb-servisa Flightradar24 o reyse HY-604
Dannie veb-servisa Flightradar24 o reyse HY-604
© Flightradar24
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, parvoz vaqtida yo‘lovchilardan birining tobi qochib, vafot etgan va uchuvchilar samolyotni Nukusda qo‘ndirishga majbur bo‘lgan.