Analitika

Sharof Rashidov siyosiy arbob sifatida jahonda qanday obroʻga ega boʻlgan? - Xos soqchi xotiralari

© Foto, Iz lichnogo arxiva Sadullo MuxammadkulovaSadullo Murodilloyev i Sharaf Rashidov
Sadullo Murodilloyev i Sharaf Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Xos soqchi Sadullo Murodilloyevich Sharof Rashidov va va Leonid Ilich Brejnev oʻrtasidagi munosabatlar, hamda Sharof Rashidovning jahondagi obroʻ-eʼtibori haqida gapirib berdi

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Sharof Rashidovning xos soqchisi Sadullo Murodilloyevich Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda 24 yil davomida Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari, shundan 23 yil davomida Ittifoq Partiya Markaziy qoʻmitasi Siyosiy Byurosi aʼzoligiga nomzod boʻlgan Rashidov Markaziy Osiyo, umuman, butun sovet Ittifoqi boʻyicha juda katta obroʻga ega boʻlganini taʼkidladi.

Xos soqchi Sadullo Murodilloyevich - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻttiz toʻrt yillik sir: Sharof Rashidovning xos soqchisi bilan intervyu

"Men shuni taʼkidlashim mumkinki, Oʻzbekiston uchun Sharof Rashidov — tarixiy shaxs boʻlgan. Chunki u barcha muammolarga: u qaysi soha boʻlishidan qatʼi nazar, iqtisodmi, qishloq xoʻjaligimi, aviaquruvchilikmi yoki kosmonavtikami tezkorlik, puxtalik va aniqlik bilan yechim topar edi.

Sharof Rashidovichni tanqidiy maʼnoda Leonid Ilich Brejnev bilan "juda yaxshi" munosabatda boʻlgan, deya koʻp yozishgan. Men shu narsani yozganlarga savol bilan murojaat qilishni xohlardim: aytingchi, respublika birinchi sekretari Bosh sekretar bilan yomon munosabatda boʻlishi mumkinmidi? Buning iloji bormidi?

Albatta, yoʻq.

Sharof Rashidovich 24 yil davomida nafaqat Brejnev, balki Brejnevdan oldin boʻlgan Xrushchev bilan ham, qolaversa, Ittifoqning barcha rahbarlari bilan yaxshi munosabatda boʻlgan", — dedi suhbatdosh.

Sharof Rashidovich rahbarlik qilgan paytda Oʻzbekistonning xalqaro sahnadagi nufuzi qanday boʻlgan degan savolga javob berar ekan, Saudullo Murodilloyevich quyidagilarni aytdi:

Fidel Kastro (sleva) i pervыy sekretar TSK kompartii Uzbekistana Sharaf Rashidov (2 sprava) beseduyut s chabanom kolxoza imeni Sverdlova M. Muminovыm - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga tegishli buyumlarni xarid qiladi
"Sharof Rashidovich ham Ittifoq Partiya Markaziy qoʻmitasi Siyosiy Byurosi aʼzoligiga nomzod boʻlgani uchun goh Kommunistik partiya sʼyezdlari, xalqaro konferentsiyalar va boshqa tadbirlarda, boshqa davlatlar rahbarlari ishtirok etadigan aniq bir muammolarning oldini olishga qaratilgan muzokaralarda ham qatnashar edi.

Afsuski, u kishining tashqi siyosatdagi faoliyatini, aksariyat odamlar yaxshi bilmaydi. 1966 yili Toshkentda Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi mojaroni toʻxtatish boʻyicha qabul qilingan tarixiy bitimga erishishda, AQSH va SSSR oʻrtasida yadro urushiga olib kelishiga bir bahya qolgan "Karib tangligi" muammosini bartaraf etishda, Kuba rahbarlari bilan muzokaralar olib borishda faol qatnashgan. Koʻplab mamlakatlarga safarlarda SSSR delegatsiyalariga rahbarlik qilgan edi. Bunga yana koʻplab misollar keltirish mumkin.

Sharof Rashidovich ijro nuqtai nazaridan oʻz ishlarini vijdonan bajarib kelgan va bir vaqtlar BBSda aytilganidek, u uchinchi dunyo mamlakatlaridagi "Kremlning qoʻli" boʻlgan".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala